LIGATURA
LIGATURA (ligatura; lot. ligo, ligatum — bogʻlamoq) — tibbiyotda qon tomirlar va b. kovak aʼzolar atrofiga bogʻlanadigan yoki toʻqimalarning bi-tishi uchun operatsiyadan keyin jarohatda qoldiriladigan ip. Odatda, Ligatura sifatida ipak, ketgut, ip, zigʻir tolasi va b. ishlatiladi. Qon tomiri hamda toʻqimaning tarkibiga koʻra, soʻriladigan yoki soʻrilmaydigan Ligatura farq qilinadi.
Ensiklopediya.uz
LIGATURA