NEKROBIOZ
NEKROBIOZ (yun. nekros — ulik va biosis — hayot) — hujayra va toʻqimalarda ular nobud bulishidan oldin yuz beradigan oʻzgarishlar. Nekrobioz moddalar almashinuvining buzilishi bilan bogʻliq holda hujayrada yogʻ va yoki b. moddalarning aynishiga olib kelishi va aksincha, boʻlishi mumkin (q. Distrofiya). Hujayra yadrosidagi oʻzgarishlar (ka-riopiknoz, karioreksis, kariolizis), sitoplazmalar yopishqoqligining buzilishi Nekrobiozning asosiy belgilaridandir. Kasallik qoʻzgʻatadigan omillarning uzoq vaqt taʼsir etishi va orga-nizmdagi noxush holatlar distrofik oʻzgarishlarning nekroz bilan tugallanishiga olib keladi.
Ensiklopediya.uz
NEKROBIOZ