LENIN

LENIN

LENIN (Ulyanov) Vladimir Ilich [1870.10 (22).4. Simbirsk (hoz. Ulyanovsk sh.) — 1924. 21.1, Moskva viloyati Gorki qishlogʻi] — Rossiya bolsheviklar (kommunistlar) partiyasining asoschisi. SSSR deb atalgan «qizil imperiya»ning tashkilotchisi. Peterburg «Ishchilar sinfini ozod qilish uchun kurash soyuzi»ni tuzishda qatnashgan. 1895-y. RSDRPning 2-syezdi (1903)da bolsheviklar partiyasiga boshchilik qilgan. 1907-y. dan muhojirlikda yashadi. 1917-y. apr. da Petrogradga kelib, sotsialistik inqilob yoʻlini ilgari surdi. Petrogradda Oktyabr toʻntarishi (1917-y. 7 noyabr)ga rahbarlik qildi. Sovetlarning 2-Butun Rossiya syezdida XKSga rais boʻlib oldi (1917 — 22). Lenin aksilinqilobiy harakatlar va sabotajga qarshi kurashuvchi Butun Rossiya favqulodda komissiyasi tuzishning tashabbuskori. Uning koʻrsatmasi bilan 1918-y. dan boshlab Rossiyada siyosiy terror avj oldi, muxolif partiyalarning aʼzolari, ziyolilar, ruhoniylar qatagʻon qilindi. 1922-y. L. ning sogʻligʻi yomonlashdi va shu yil dek. oyidan eʼtiboran siyosiy faoliyatda qat-nashmadi. Asosiy asarlari: «Rossiyada kapitalizmning taraqqiysi» (1899), «Nima qilmoq kerak?» (1902), «Materializm va empiriokrititsizm» (1908) «Imperializm kapitalizmning yukrri bosqichi» (1916), «Davlat va revolyutsiya» (1917). Leninning jasadi Moskvaning Qizil maydonidagi mavzoleyga qoʻyilgan.

Ensiklopediya.uz
LENIN