LAPTEVLAR DENGIZI

LAPTEVLAR DENGIZI

LAPTEVLAR DENGIZI — Shim. Muz okeanining chekka dengizi. Jan. dan Osiyo qirgʻoklari, gʻarbdan Taymir ya. o. va Severnaya Zemlya o. lari, sharkdan Novosibirsk o. lari bilan oʻralgan. Boʻgʻozlar orqali gʻarbda Kara dengizi, sharqda Sharqiy Sibir dengizi bilan tutashgan. Mayd. 662 ming km2. Chuq. 50 m — maksimal chuq. 3385 m. Yirik qoʻltiklari: Xatanga, Olenek, Buor-Xaya. Dengizning gʻarbiy qismida orol koʻp. Xatanga, Lena, Yana va b. daryolar quyiladi. Laptevlar dengizi iqlimi arktika iqlimi. Yanv,ning oʻrtacha t-rasi —31°, —34° (minimum t-ra —50°), iyulniki G—7° (maksimum t-ra 24°). Yiliga 100 mm yogʻin tushadi. Yilning koʻp qismida muz bilan qoplanib yotadi. Morj, dengiz quyoni, nerpa, baliq va b. yashaydi. Aso-siy porti — Tiksi. Dengiz Arktika tadqiqotchilari D. Ya. Laptev va X. P. Laptevlar nomiga qoʻyilgan.

Ensiklopediya.uz
LAPTEVLAR DENGIZI