LAZER SPEKTROSKOPIYA
LAZER SPEKTROSKOPIYA — optik spektroskopiya sohasi; gazsimon, suyuq va kristall holatdagi moddalarning atomlari va molekulalari spektrlarini lazer nurlari yordamida tadqiq qiladi. Lazer spektroskopiya kvant elektronika va optik spektroskopiya chegarasida vujudga kelgan. Lazerlar yaratilgandan soʻng Lazer spektroskopiyasi jadal rivojlana boshladi. Lazer nurining oʻziga xos xususiyatlari odsiy (kogerent boʻlmagan) yorugʻlikni qoʻllaganda kuzatish mumkin boʻlmagan jarayonlarni kuzatishga imkon beradi. Lazer spektroskopiyaning keng spektral diapozonda nur chastotasini uzluksiz oʻzgartirishga imkon berish, nanosekund, pikosekund va femtosekund davomatli yorugʻlik impulslarini olish uslublarini yaratish, nurni toʻlqin uzunligiga teng oʻlchamli joyga fokuslashga imkon berish xossalari quyidagi masalalarni yechishga imkon berdi:
Ensiklopediya.uz
LAZER SPEKTROSKOPIYA