5-noyabr Ostankino teleminorasi tashkil qilingan kun
DO`STLARGA ULASHING:
1957-yil Ostankino teleminorasini qurilish loyihasiga konkurs e’lon qilindi, natijalar bir yildan so’ng o’tkazildi. Natijalarga ko’ra arxitetktorlar Leonid Batalov, Dmitriy Burdin va konstruktor Nikolay Nikitinlarning loyihalari g’olib deb e’lon qilindi. 1960-yilning yozidan minorani qurilishi boshlandi, lekin bir yildan so’ng poydevorni ishonchli ekanligiga shubha tug’ildi. Aloqa vaziri minorani qurish loyihasini tasdiqlashdan oldin ko’plab yirik yirik tajribalar va tekshiruvlar o’tkazdi. 5-noyabr 1967-yil Davlat komissiyasi tomonidan ishga tushirishni boshlash haqidagi Aktga qo’l qo’yildi. Aktga qo’l qo’yilgan kun Ostankino teleminorasini tug’ilgan kuni hisoblanadi. Shu kuni 4 ta teleko’rsatuvlar va 3 ta radioeshittirish programmalari efirga uzatildi. Minoradagi qurilish 26-dekabr 1968-yilgacha davom etdi. Balandligi bo’yicha Torontodagi Si-En-Tauer dan keyin 2-o’rinda turadi. Ostankino teleminorasini umumiy balandligi 540 m ni tashkil qiladi. Minora 45 qavatdan iborat bo’lib, o’nlab doirasimon maydonlar va balkonlarga ega. 328-334 m balandlikda «Yettinchi osmon” nomli restoran bor va u 3 etajdan iborat. Restoranning aylana shaklidagi imorati 40 daqiqa davomida bir marta o’z o’qi atrofida aylanib chiqadi. 2000-yil 27-avgustda bo’lib o’tgan yong’indan so’ng katta yo’qotishlar bo’ldi. Yong’indan keyin minorani ichki tomondan qayta tiklash, modernizasiyalash va uskunalar bilan ta’minlash ishlari amalga oshirildi. Minoraga yangi mustahkam troslar o’rnatildi, yonmaydigan kabellarga almashtirildi, boshqa zamonaviy uskunalar joylashtirildi. Yuqori temperaturaga chidamli liftlar, zamonaviy xavfsizlik sistemasini yaratish ko’zda tutildi.
5-noyabr Ostankino teleminorasi tashkil qilingan kun