NORAK

NORAK

NORAK — Tojikistondagi daryo. Vaxshning oʻng irmogʻi. Uz. 20 km, suv toʻplash mayd. 88,6 km2, havzasining oʻrtacha bal. 1500 m. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1 m3/sek. chamasida. Norak asosan, mavsumiy qor va yomgir suvlaridan toʻyinadi. Apr. —may oylarida suvi koʻpayadi. Norak daryosining Vaxshga quyilish joyida Norak suv ombori toʻgʻoni qurilgan.

Ensiklopediya.uz
NORAK