LUIZIANA
LUIZIANA (Louisiana) — Missisipi daryosi havzasidagi hududning 17-a. oxiri — 19-a. boshidagi nomi. 16-a. da ispanlar tomonidan kashf etilgan. 17-a. da fransuzlar tomonidan oʻzlashtirila boshlangan. 1763-y. sharqiy qismi inglizlarga, gʻarbiy qismi ispanlarga (1800-y. fransuzlarga) oʻtdi. AQSH tashkil topganidan keyin Luiziananing sharqiy qismi, 1803-y. dan gʻarbiy qismi ham AQSH tarkibida. Luiziana hududi bir qancha shtatlar oʻrtasida oʻzaro boʻlingan.
Ensiklopediya.uz
LUIZIANA