6-noyabr Xristofor Kolumb hindularning g’alati odatlari-tamaki chekishi bilan tanishgan
6-noyabr Xristofor Kolumb hindularning g’alati odatlari-tamaki chekishi bilan tanishgan
DO`STLARGA ULASHING:
Xristofor Kolumb (1451-1506) matroslar guruhi kuzatuvida Kuba orolidagi hindular qishlog’ida bo’ldi va birinchi marta hindularning g’alati odati bilan tanishdi. Hindular og’ziga qandaydir o’simlikning yumaloqlab o’rab solib olishgandi, trubkani ikkinchi tomonidan buruqsib tutun chiqib turardi. Bu o’simlikni ular tamaki deb atashardi. Vaqti-vaqti bilan og’zilaridan tortgan hidli tutunni burunlaridan chiqarishardi. Shunday qilib Yevropaliklar birinchi marta tamaki chekish bilan tanishishdi. Tamakini Yevropaga kirib kelishiga monarx Roman Pane yordam berdi. U X.Kolumbning 2-ekspedisiyasida missioner sifatida qatnashgan. U tamakini Ispaniyaga keltirib, dastlab manzarali o’simlik sifatida etishtirdi. 1496-yilda Ispaniyada tamaki plantasiyalari paydo bo’ldi, 1559-yil Portugaliyada, u yerdan 1560-yil Fransiyada paydo bo’ladi. XVI asrning oxiri XVII asrning boshlarida chekish boshqa materiklarga ham tarqaldi. O’rta Osiyo va sharq mamlakatlarida quritilgan barglaridan hidlanadigan poroshok tayyorlashdi. Tamakiga qiziqish shu darajada kuchayib ketdiki, bu o’simlik davolovchi vosita sifatida qayd qilinib, hamma narsaga davo dori deb qaray boshlashdi. Portugaliyadagi fransuz elchisi Jane Niko o’zining qirolichasi Yekaterina Medichiga tetiklik, bosh og’rig’i va boshqa kasalliklarga davo sifatida tamaki barglari va urug’laridan jo’natadi. Qirolicha minnatdorchilik belgisi sifatida ajoyib ta’sir qiluvchi dorini o’zining elchisi nomi bilan-nikotin deb atadi. Tamakini keragidan ortiq ishlatish og’ir oqibatlarga olib kela boshladi. Bu esa xalqni sergaklantirdi, cherkovni chekishga qarshi kurashga chaqirdi. Masalan, Amerikada chekuvchilarni jazolashadi, Turkiyada esa chekuvchi qoziqqa o’tqazilgan. Yana 1604-yil Angliya qiroli Yakov I «Tamaki zarari” haqida yozib, uning ko’rish qobiliyatiga, miyaga, o’pkaga ta’sirini ko’rsatib berdi. Rossiyaga XVI asrning ikkinchi yarmida keltirilgan, XVII asrdan Ukrainada yetishtirila boshlangan.
6-noyabr Xristofor Kolumb hindularning g’alati odatlari-tamaki chekishi bilan tanishgan