NISORIY

NISORIY

NISORIY (taxallusi; asl ismsharifi Hasanxoja Podshohoja oʻgʻli) (1516 — Buxoro — 1597) — shoir, tazkiranavis. Tanikli shoir va davlat arbobi Xoja (Podshohoja)ning oʻgʻli. Buxoro madrasalarida oʻqigan. Riyoziyot, handasa, tibbiyot, musiqa ilmlarini puxta egallagan, otasidan aruz sirlarini oʻrgangan. Sheʼrlar mashqqilgan. Otasi Balxda shayxulislomlik paytida (1533—43) Nisoriy shu shahardagi Kamoliddin Qoʻnoq madrasasida handasa ilmidan dare bergan. Buxoroga qaytgach, 1545—50 y. larda Abdulazizxon, 1550 — 66 y. da Miyonkol hokimlari huzurida sadrlik vazifasini bajargan. Soʻng Buxoroda umrining oxirigacha maktab-dorlik qilgan, badiiy ijod bilan mash-gʻul boʻlgan. «Malik ushshuaro» unvo-niga musharraf boʻlgan. Nisoriy turkiy va forsiydagi sheʼrlaridan devon tuzgani maʼlum, lekin devon hali topil-magan. Faqat 16-a. da yaratilgan bir kancha asarlar orqali uning bir necha gʻazal, ruboiylari, «Bahoriyot» qasidasi hamda «Muzakkiri ahbob» (1566) tazkirasi yetib kelgan.

Ensiklopediya.uz
NISORIY