NEMERTINALAR

NEMERTINALAR

NEMERTINALAR (Nemertini) – deyarli barcha turlari dengizlarda yashay-digan umurtqasiz hayvonlar tipi. Gav-dasi bilaterial simmetriyali, chuvalchangsimon, kiprikli epiteliy bilan qoplangan. Tana boʻshligʻi boʻlmaydi; ichki organlari oraligʻi parenximadan iborat. Tanasi yassi. Qon aylanish sistemasi yaxshi rivojlangan, tutash. Nafas sistemasi yoʻq. Nerv sistemasi bosh miya va 3 ta boʻylama nerv poyasidan iborat. Boshining oldingi uchida xartumchasi bor. Xartumcha ogʻiz yonidagi maxsus chuqurchaga tortib olinishi mumkin. Ovqat hazm qilish sistemasi ogʻiz teshigidan boshlanib, anal teshigi b-n tugaydi. Ayrim jinsli, tuxum qoʻyib koʻpayadi. Tuxumdan pilidiy lichinkasi chiqadi. Jinssiz fragmentatsiya yoʻli b-n ham koʻpayishi mumkin. Deyarli barcha Nemertinalar yirtqich; boʻgʻimoyoklilar, mollyuskalar va baliqlar bilan oziqlanadi. Ayrim vakillari parazit yoki kommensal. Bu tipga bitta — ne-mertinalar sinfi kiradi. 800 ga yaqin turi maʼlum. 30 turi chuchuk suvlarda va 10 turi quruk/shkda tarqalgan. Uz. 0,5 mm dan 30 metrgacha va undan ham koʻproq (60 m gacha). Kengligi 9 mm gacha.

Ensiklopediya.uz
NEMERTINALAR