NAFTANDOZ
NAFTANDOZ (arab. — naft, neft, fors. — andoz, otmoq) — neftni yondirib otish quroli. Oʻrta Osiyo xududidagi koʻplab shahar xarobalaridan arxeologik konussimon idishlar (simob koʻzacha) topishgan. Ularning aksariyati naqsh, bezaksiz. V. L. Vyatkin Afrosiyob shahar xarobasidan ustiga «fath» — gʻalaba deb yozilgan shunday idish topgan. Oʻrta asrlardagi qoʻshinlar tar-kibida maxsus Naftandozlar qismi mavjud boʻlgan. Tarixiy manbalarda Naftandoz istilohi 16-a. dan soʻng uchramaydi.
Ensiklopediya.uz
NAFTANDOZ