NARX
NARX, baho — tovar qiymatining puldagi shakli; bozor iqtisodiyotida amal qiluvchi iqtisodiy dastak. Iqtisodiy tafakkur tarixidagi ayrim qarashlarda Narxni qiymatning mehnat nazariyasiga asoslanib talqin qilishgan, unga qiymatning puldagi ifodasi deb qaralgan. 21-a. boshlaridagi nazariyalar Narxni pulning miqdoriy nazariyasi asosida izoxlab, Narxga xarajatlar, tovarning nafliligi va raqobat taʼsir etishini eʼtirof etadi. Narxni qiymat belgilaydi, ammo u aniq bir qiymatdan yuqori yoki past boʻlishi mumkin, bu esa bozordagi muayyan tovarga boʻlgan talab va taklift bogʻliq. Narx faqat qiymatni emas, balki talab va taklif, shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaliligi, sifati va b. tovarlar oʻrnini bosa olishi, muomaladagi pulning xarid qobiliyatiga ham bogʻliq. Binobarin, Narx qiymatdan miqdoran farqlanadi. Mahsulot tannarxi har qanday Narxning asosi boʻlib, mahsulotning hayotiy sikli davomida uning Narx idagi oʻzgarishlarga katta taʼsir koʻrsatadi. Narx miqdori xarajatlarga va tovar sifatiga toʻgʻri mutanosiblikda, rakrbatning shiddatiga esa teskari mutanosiblikda turadi. Bozor iqtisodiyotida Narx bir nechta vazifalarni bajaradi:
Ensiklopediya.uz
narx