NIOBIY

NIOBIY

NIOBIY (Niobium), Nb — Mendeleyev davriy sistemasining. U guruhiga man-sub kimyoviy element. Tartib raqami 41, at. m. 92,9064. Bitta tabiiy izotopi 93Nb bor. N. ning sunʼiy radioaktiv izotoplaridan 95Nb(Tl/2=35 kun) radioaktiv indikator sifatida ishlatiladi. Niobiyni ilk bor ingliz olimi Ch. Xatchet 1801-y. da kashf qilib, «Kolumbii» deb atagan; keyinchalik unga yunon af-sonasidagi qahramon bahodir Tantalning qizi maʼbuda Niobeya nomi berilgan, chunki Niobiyning xossalari tantalga oʻxshaydi. Metall holidagi sof Niobiy 1907-y. da olingan. Atom radiusi 0,145 nm, ion radiusi (qavslarda koordinatsiyey son keltirilgan) Nb2+ 0,085 nm (6), Nb3+0,086 nm (6), Nb4+ 0,082 nm (8), Nb5+ 0,062 nm (4), 0,078 nm (6), 0,083 nm (7), 0,088 nm (8). Oskidlanish darajasi +5, baʼzan +4, +3, +2 va +1.

Ensiklopediya.uz
NIOBIY