NEOREALIZM
NEOREALIZM (neo… va realizm) — 1) 20-a. ning 40-y. lari oʻrtasidan 50-y. lar oʻrtasigacha italiya k i nosi da mavjud boʻlgan oqim. Demokratik mil-liy sanʼat uchun kurash jarayonida tar-kib topgan. Ijtimoiy adolat va oddiy insonning qadr-qimmati gʻoyalarini himoya qildi. Hayotiy faktlar asosida qurilgan filmlar aksariyat nomuta-xassis ijrochilar ishtirokida yaratildi. Neorealizmning badiiy manifesta R. Rosse-linining «Rim — ochiq shahar»i (1945) filmidir. Ch. Dzavattini, L. Viskonti, V. De Sika, J. de Santis, P. Jer-mi kabilar Neorealizmning kino sanʼatidagi asosiy vakillaridir. N. Italiya kine-matografiyasi va b. mamlakatlarning ilgʻor kinosi rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi;
Ensiklopediya.uz
NEOREALIZM