NANKIN

NANKIN

NANKIN (xitoycha Nanszin — jan. poytaxt) — Xitoyning sharqiy qismidagi shahar. Szyansu provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 5,3 mln. kishi (1998). Yanszi daryosi quyi oqimidagi muhim transport yoʻllari tuguni. Aeroport bor. Dengiz kemalari kira oladigan port. Mamlakatning yirik iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazlaridan. Stanoksozlik, elektr va radio apparaturalari i. ch., avtomobilsozlik va q. x. mashinasozligi, metallurgiya, kimyo, sement, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari, issiklik elektr st-yasi mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Hunarmandchilik rivojlangan. Nankinda Xitoy FAning filiali, tuproqshunoslik va geografiya in-tlari, un-t va b. oliy oʻquv yurtlari, kutubxona, muzeylar, botanika va hayvonot bogʻlari, rasadxona bor.

Ensiklopediya.uz
NANKIN