NAVBAHOR BENTONIT GIL KONI

NAVBAHOR BENTONIT GIL KONI

NAVBAHOR BENTONIT GIL KONINavoiy viloyati Navbahor tumanida, Jan. Nurota tizmasining jan.-gʻarbiy yon bagʻrida. Qalqonota qishlogʻidan 12 km shimolda joylashgan. Kon 1998-y. da A. U. Mirzayev va X. Chiniqulovlar tomonidan ochilgan va razvedka qilingan. Tasdiqlangan zaxirasi 7142,6 ming t. Bentonit gillarining sanoatbop gorizontlari eotsen kesmasida joylashgan va subkenglik boʻylab 3 km masofaga choʻzilgan asimmetrik sinklinal burmaning qanotlarini tashkil etadi. Konda gilning 3 turi: ishqoriy va ishkoriy-yer bentonitlari hamda karbonatli poligorskitlar mavjud. Ularning umumiy qalinligi 7—13 m.

Ensiklopediya.uz
NAVBAHOR BENTONIT GIL KONI