LOTIN ALIFBOSI
LOTIN ALIFBOSI, lotin yozuvi — Qad. Rimda uncha katta boʻlmagan Latsiy viloyatining («lotin» soʻzi ham shundan), xususan, uning markazi Rim shahrining yozuvi, harfiy yozuv; gʻarbiy yunon yozuvi asosida paydo boʻlgan. Mil. av. 9—8-a. larda hoz. Italiya hududiga kirib kelgan alifboli yunon yozuvi asta-sekin rivojlanib, faqat mil. av. 4—3-a. lardagina mustaqil Lotin alifbosi yuzaga kelgan. Ushbu yozuvdagi eng qad. yodgorliklarda (mil. av. 6—4-a. lar) yozuv yoʻnalishi ham oʻngdan chapga, ham chapdan Lotin alifbosi oʻngga boʻlgan, mil. av. 4-a. dan keyingina chapdan oʻngga qarab yozish barqarorlashgan. Bu davrdagi yozuvda tinish belgilari boʻlmagan, harflar bosh (katta) va kichik harflarga ajratilmagan. Lotin alifbosida dastlab 20 ta harf boʻlgan, mil. av. 1-a. dan boshlab yunon tilidan kirgan soʻzlarni yozish uchun Y, Z harflari qoʻllana boshlagan. Ushbu alifbo oʻrta asrlarda koʻplab shakl oʻzgarishlariga uchragan xrlda rivojlanishda davom etadi. 11 – a. da W harfi, 16-a. da xa J va V harflari alifboga kiritiladi. Keyingi rivojlanish davrida, kitov bosish ishlari yoʻlga qoʻyilganidan keyin, tinish belgilari, diakritik belgilar paydo boʻldi, bosh va kichik harflar farqlana boshlandi.
Ensiklopediya.uz
LOTIN ALIFBOSI