LISTERIOZ
LISTERIOZ, listerellyoz, nevrellyoz — odam va hayvonlarda uchraydigan yukumli zooantroponoz kasallik. Qoʻzgʻatuvchisi Listeria monocytogenes bakteriyasi. Kasallik manbai sichqonsimon kemiruvchilar, bemor va kasal hayvonlar. Odam Listerioz bilan ogʻrigan hayvonning goʻshti, tuxumi, sutini isteʼmol qilganida, molxonadagi kanalar chaqqanida zararlanadi, baʼzan nafas yoʻllari orqali ham yuqishi mumkin. Listerioz koʻpgina mamlakatlarda sporadik tarzda vaqti-vakti bilan uchrab turadi. Kasallik diagnozi serologik va bakterio-logik tahlil natijalariga asoslanib qoʻyiladi. Davo — antibiotiklar.
Ensiklopediya.uz
LISTERIOZ