NORUDA (NOMETALL) FOYDALI QAZILMALAR
NORUDA (NOMETALL) FOYDALI QAZILMALAR — sanoat va kurilishda tabiiy holatda yoki turli xil ishlov berilgandan keyin foydalaniladigan, shuningdek, ulardan nometall elementlarni yoki ularning birikmalari ajratib olinadigan yonmaydigan qattiq togʻ jinslari yoki minerallar. Ulardan kompleks foydalanish mumkin. Noruda (nometall) foydali qazilmalar turi yuzdan ziyod. Qazib olish va ulardan foydalanish boʻyicha eng muhim xom ashyolar qatorida turadi. Noruda (nometall) foydali qazilmalarning hozirga qadar sistemalashtirilgan yagona tasnifi yoʻq. Odatda foydalanish sohasiga qarab 4 guruhga boʻladilar: konchilik-kimyo hom ashyosi — apatit, galit, tugʻma oltingugurt, oltingugurt kolchedani, barit, tabiiy tuz va b. (bularning aksariyatidan mineral oʻgʻit ishlab chikariladi); konchilik-metallurgiya xom ashyosi — oʻtga chidamli materiallar i. ch., flyus si-fatida ishlatiluvchi qoliplash materiallari (gil va qumlar); qurilish materiallari — noruda qurilish ma-teriallari, keramika va shisha xom ashyosi, bogʻlovchi materiallar uchun xom ashyo, mineral boʻyoklar, issiklik va shovqin oʻtkazmaydigan materiallar; nometall ruda xom ashyosi — texnik kristallar (olmos, pyezokvars, Islandiya shpati, muskovit, agat va b.), qimmatbaho va zebu ziynat buyumlari yasashda ishlatiladigan toshlar (zargarlik olmosi, zumrad, yoqut, topaz, malaxit, feruza, kahrabo va b.); bu toifaga yana, odatda, asbest, talk, grafit, korund, najdakni xam kiritadilar. Texnika taraqqiyoti jarayonida Noruda (nometall) foydali qazilmalar tarkibiga tobora yangi togʻ jinslari va minerallar qoʻshilib bormoqda.
Ensiklopediya.uz
NORUDA (NOMETALL) FOYDALI QAZILMALAR