NEOGEN SISTEMASI
NEOGEN SISTEMASI (DAVRI), neogen (neo… va yun. genos — tutilish, yosh) — Yerning geologik tarixida oxirgidan oldingi davrda yotqizilgan togʻ jinslari qatlami. Neogen sistemasi (d.) kaynozoy guruhi (erasi)ga mansub boʻlib, paleogen sistemasi (davri)dan keyin va an-tropogen sistemasi (davri)dan oldin turadi. Izotop solnoma boʻyicha Neogen sistemasi (d.) 25 mln. yil mukaddam boshlangan va 21,75 mln. yildavom etgan. 1833-y. Italiyada ingliz geologi Ch. Layel tomonidan 2 boʻlim — miotsen (quyi) va pliotsen (yuqori)ga boʻlingan. Dastlab uchlamchi sistemaning yuqori boʻlimi sifatida ajratilgan. Neogen sistemasi (d.) nomi 1853-y. avstriyalik geolog M. Gyorness tomonidan taklif qilingan.
Ensiklopediya.uz
NEOGEN SISTEMASI