LYUBEK
LYUBEK — Germaniyaning shim. dagi shahar, Shlezvig-Golshteyn yerida. Trave daryosining Boltiq dengizining Lyubek buxtasiga quyilishi yaqinida joylashgan. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni, yirik port. L. bilan Trelleberg (Shvetsiya), Xanko (Finlyandiya) sh. lari orasida parom qatnaydi. Aholisi 214 ming kishi (1998). Asosiy sanoat tarmoqlari: qora metallurgiya va mashinasozlik (xususan, kemasozlik, aviasozlik, traktorsozlik). Kimyo-farmatsevtika, yogʻochsozlik, oziqovqat (baliq konservalash, un tortish) sanoatlari ham rivojlangan. Konservatoriya, sanʼat va madaniyat tari-xi muzeyi bor. Meʼmoriy yodgorliklardan kafedrali sobor (12—14-a. lar), cherkov, ratusha, Burgtor va Xolstentor shahar darvozalari, San-Anna ibodatxonasi saqlangan. Shaharga 1143-y. da asos solingan. 1226-y. dan imperiyaning erkin shaxri, Ganzayanng bosh shaxri; 1815—1937-y. larda yana erkin shahar boʻlgan.
Ensiklopediya.uz
LYUBEK