NATRIY GIDROKSID

NATRIY GIDROKSID

NATRIY GIDROKSID (oʻyuvchi natriy, kaustik soda) , NaOH — rangsiz kristall modda. Suyuklanish t-rasi 323°, qaynash t-rasi 1403°, zichligi 2,02 g/sm3. Suvda yaxshi eriydi, erish vaktida issiklik ajratib chiqaradi. Gigroskopik. Suvdagi eritmasi kuchli ishqor. Suvsiz NaOH 61,8° dan yuqorida kristallanadi. Havodagi namni tortadi, shu sababdan yoyilib ketadi va natriy karbonatga aylanadi. Natriy gidroksid natriy metali va natriy gidritni eritadi.

Ensiklopediya.uz
NATRIY GIDROKSID