NASRIY SHEʼR

NASRIY SHEʼR

NASRIY SHEʼR — lirik kechinmalarning sochma badiiy nutq shaklidagi ifodasi. Nasriy sheʼrda xarakterningtaraqqiyoti koʻrsatilmay, uning oniy holati tasvirlanadi. Muallif nutqining histuygʻuga boyligi, individual emotsional boʻyoqning ustunligi, nutqning maʼlum ritmik qonuniyatiga mosligi, ni-hryat, oʻziga xos intonatsiyaga egaligi, pauzaning koʻpligi Nasriy sheʼrning muhim xususiyatidir. Unda baʼzan alohida soʻz bir yoki bir necha gapga teng keladi. Koʻp hollarda ran yoki soʻzlar soʻroq, undov ohangiga ega boʻladi. Nasriy sheʼr baʼzan lirik nasr deb yuritiladi. Opbek, Usmon Nosir, Mirtemir va b. ijodida Nasriy sheʼrning yaxshi namunalari bor.

Ensiklopediya.uz
NASRIY SHEʼR