LIXOVICH-SHAMSHEVA
LIXOVICH-SHAMSHEVA Yevgeniya Mixaylovna (1887.20.1 — Toshkent — 1979.22.12) — aktrisa va opera xonandasi. Oʻzbekiston xalq artisti (1949). Peterburg konservatoriyasida oʻqigan (1906). Ijodiy faoliyatini 1906-y. dan Toshkentda dramatik aktrisa sifatida havaskorlik toʻgaraklarida boshlagan. 1918—1923-y. larda Toshkentdagi Rus opera teatrida Natasha (A. Dargomijskiy, «Suv pariyey»), Liza, Tatyana (P. Chaykovskiy, «Qargʻa motkasi», «Yevgeniy Onegin»), Margarita (Sh. Guno, «Faust») kabi partiyalarni ijro etgan. 1923—39 y. larda Rossiyaning turli shahar operetta teatrlarida ishlagan. 1941—51 y. larda Toshkentdagi Harbiylar teatrida Murzaveskaya, Shablova (A. Ostrovskiy, «Boʻrilar va qoʻylar», «Kechikkan sevgi»), Mariya Nikolayevna (K. Simonov, «Rus kishilari») singari rollarni yaratgan.
Ensiklopediya.uz
LIXOVICH-SHAMSHEVA