Ozishga yordam beradigan mavsumiy mahsulotlar to’liq malumot oling

Ozishga yordam beradigan mavsumiy mahsulotlar to’liq malumot oling

Mavsumiy mahsulotlar mahalliy bo‘lgani uchun qator afzalliklarga ega. Bir mamlakatdan ikkinchisiga yetkazib beriladigan mevalarga qayta ishlov beriladi, bunda foydali moddalarning bir qismi yo‘qoladi. Mavsumiy mevalar aynan pishgan vaqtida boy tarkibga ega bo‘ladi, shu tufayli ularni avgust oxiri va sentabr boshida iste’mol qilib, organizmni vitamin va mikroyelementlar bilan boyitish kerak.
Mundarija скрыть

ozishga yordam beradigan mavsumiy mahsulotlar 1

Quyida esa ayni paytda dasturxoningizdan o‘rin olishi shart bo‘lgan mahsulotlarni sanab o‘tamiz.

Tarvuz

Ko‘p shirin gazli ichimlik va do‘konda sotiladigan sharbat ichuvchi, pishiriqlar, kolbasa va boshqa texnologik ishlov berilgan oziq-ovqatlarni ko‘p yeydigan kishilarda magniy yetishmasligi kuzatiladi. 150 g tarvuz esa kishining magniyga bo‘lgan sutkalik talabini qondiradi.

Mutaxassislar tarvuzning boshqa xususiyatlarini ham qayd etadi. Chunonchi, unda kaliy tuzlari ko‘p miqdorda bo‘lgani sababli u yaxshigina peshob haydash xususiyatiga ega. Shu tufayli u ozish jarayonida yuzaga keladigan shishishlardan xalos etadi.

Pomidor

Pomidor S vitaminiga, shuningdek, ultrabinafsha nurlanishdan himoya qiluvchi likopin moddasiga ega. Likopin ozayotganlar uchun ham foydalidir: u yog‘lar parchalanayotgan paytda yuzaga keladigan yallig‘lanishni yo‘qotadi. Likopin yaxshi singishi uchun uni dimlab yoki yog‘lar bilan birga (masalan, zaytun yog‘i) iste’mol qilish zarur.

Olma

Olmaning asosiy qimmati — pektin. Ushbu tabiiy sorbent organizmdan yog‘lar parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan og‘ir metallar, radionuklidlar va zararli mahsulotlar tuzlarini chiqarib tashlashda yordam beradi. Mikroyelementlarning keng turlariga ega bo‘lish uchun turli rangdagi olmalarni tanovvul qiling.

Asal

Ushbu mahsulot tarkibidagi fitonsid tufayli eng yaxshi antiseptiklardan biri hisoblanadi. U to‘qimalar tez tiklanishiga turtki beradi, shu sababli yoshlik va go‘zallikni saqlab qolishda muhimdir. Asal yuqori kaloriyaga ega ekanligi va qondagi qand miqdorini oshirishini hisobga olib, uni nonushtadan keyin kuniga ko‘pi bilan 1 choy qoshiq miqdorida iste’mol qilish maslahat beriladi.

Yong‘oq

Yong‘oq ishtahani yaxshigina bosadi, omega-3 polito‘yinmagan yog‘ kislotalari bilan to‘yintiradi va glyukoneogenez — ozish paytida muskul to‘qimasi glyukozaga aylanishi oldini oladi.

Yong‘oqni quritib yoki xom holda yeyish tavsiya etiladi, qovurilish chog‘ida ular tarkibidagi yog‘ oksidlanadi.

Manba:soglom.uz/tavsiya/ozishga-yordam-beradigan-mavsumiy-mahsulotlar/

Foydali Maslahatlar
Ozishga yordam beradigan mavsumiy mahsulotlar