O‘zbekistondagi trend: taom yetkazib berish servislarining avj olishi

O‘zbekistondagi trend: taom yetkazib berish servislarining avj olishi

O‘zbekistondagi trend: taom yetkazib berish servislarining avj olishi

Toshkentda taom yetkazib berish xizmati ayni rivojlanish cho’qqisiga chiqqan. Har oyda yangidan-yangi loyihalar paydo bo’lib, yo’qolmoqda.

Tayyor taomlarni yetkazib berish bilan shug’ullanadigan servislarni sanab o’tamiz:

  • eOrders — http://e-orders.uz/ — restorandan taom yetkazib beradigan loyiha O’zbekistonda birinchi bo’lib ushbu yo’nalishni rivojlantira boshladi. Saytdagi shaxsiy kabinet orqali sizga yoqib tushgan restoran taomnomasidan buyurtma qilish mumkin. To’lov, buyurtmani olgach, kuryerga beriladi;
  • GetFood — http://getfood.uz/ — 2015-yil iyunida paydo bo’lgan, restoranlar bilan ishlab, buyurtmalarni sayt orqali qabul qiladi. To’lov kuryerga beriladi;
  • Eat — http://eat.uz/ — xuddi shunday modeldagi servis;
  • Bringo — http://www.bringo.uz/ — 2015-yil avgustida ochilgan servisning boshqa raqobatchilaridan farqi shundaki, u issiq ovqatni termosumkada yetkazadi va «taomni buyurtmadan so’ng bir soat ichida yetkazish»ga kafolat berishga intiladi. U tayyor restoran taomidan tashqari, oziq-ovqat mahsulotlarini ham yetkazib beradi.

Umuman olganda, ko’pchilik taom yetkazib berish biznesini ochishga harakat qilmoqda, biroq bu sohaning ba’zi jihatlari borki, ular loyihani yo’qqa chiqarishi mumkin:

  • Logistika (yetkazib berish narxi, shaharning olis tumanlariga yetkazish)ni yaxshilab o’ylab ko’rish kerak;
  • Tushlik vaqtida hammaga katta-katta buyurtmalar oqimlari yopirilib keladi va ko’pchilik servislar ularni eplay olmay qoladi (kuryer yoki mashinalar yetishmasligi tufayli);
  • Juda katta ustama narx qo’yib bo’lmaydi (odamlar taom uchun restorandagidan ko’ra ko’proq pul to’lashni istamaydi). Ustama narx kam bo’lsa, servis foyda keltirmaydi;
  • Restoranlar bilan kelishish qiyin (ularga buyurtmalarni qanday berasiz, ular bilan qanday hisoblashasiz).

P.S. Maqolada barcha yetkazib berish xizmatlari sanab o’tilmadi, faqat so’nggi yarim yil ichida paydo bo’lganlari tilga olindi. Boshqa loyihalarni bilsangiz — bizga ma’lum qiling, ularni ham ko’rib chiqamiz.

Loyiha «Daryo» va StartupFactory.uz tomonidan ishga tushirilgan.

Manba:

Startup
O‘zbekistondagi trend: taom yetkazib berish servislarining avj olishi