Grechkali salat to’liq malumot oling

Grechkali salat to’liq malumot oling

Zarur mahsulotlar: 250 gr. grechka, 200 gr. qovoqcha(kabachki), 1 dona piyoz, 2 bo‘lak sarimsoqpiyoz, konservalangan yashil no‘xot, 80 gr. smetana, rayxon yoki yalpiz ko‘kati, o‘simlik yog‘i.

grechkali salat 1

Tayyorlanishi: piyoz va sarimsoqpiyozni maydalab to‘g‘rab o‘simlik yog‘ida 2 daqiqa qovuriladi. So‘ngra ustidan to‘rtburchak shaklda to‘g‘ralgan qovoqcha(kabachki), yashil no‘xot, tuz solib 8 daqiqaga dimlab qo‘yiladi. Vaqt o‘tgach qopqoqni ochib smetana va rayxon solib aralashtirib gazdan olinadi.

Likopchaga grechka solib ustidan sous solib dasturxonga tortiladi. Yoqimli ishtaha!

BEGOYIM

soglom.uz/tavsiya/grechkali-salat/

Pazanda
Grechkali salat