“Daryo” va StartupFactory.uz startaplar haqida yangi loyihani boshladi

“Daryo” va StartupFactory.uz startaplar haqida yangi loyihani boshladi

“Daryo” va StartupFactory.uz startaplar haqida yangi loyihani boshladi

«Daryo» va StartupFactory.uz tomonidan ishga tushirilgan «Startaplar» deb nomlangan yangi rukn pul ishlab topishi mumkin bo’lgan yangi loyihani qanday boshlashga bag’ishlanadi. Bunday yangi loyihalarni startap deb ataymiz. Startaplar haqiqiy biznesga aylanganicha yo’q. Ushbu rukndagi maqolalar yordamida har bir kishi o’z startapini, o’zining bo’lajak biznesini boshlashi mumkinligi haqidagi g’oyaga qiziqtirishni istaymiz.

Rossiyalik investor Arkadiy Moreynis aytganidek, «startap — pirovardida daromad olish maqsadidagi biznesga aylanish uchun o’z yo’lini va biznes-modelini qidirayotgan yangi loyiha». Ko’pincha startaplar IT yoki texnologiyalar sohasida ishga tushiriladi.

Startap biz uchun odatiy bo’lgan klassik biznesdan nimasi bilan farq qiladi va nima uchun hozirda startaplar bilan shug’ullanish urf bo’lgan?

Mahallangizdagi mini-novvoyxona — bu kichik biznes (chunki novvoyxona ochib, u daromad keltirishi uchun qanday ishlashni hamma biladi), chet tillarini o’rganish xizmatlarini ko’rsatib, pul ishlaydigan internet-servis esa — startap (chunki bu yangi soha va bozorda uning ahvoli qanday bo’lishi noma’lum).

Startap uchun biznes-reja kerak emas, chunki innovatsiyalar sohasida hech narsani oldindan bashorat qilib bo’lmaydi. Ko’p sahifali biznes-reja o’rniga startapchilar loyihaning biznes-modelini ishlab chiqadi.

Startapning yana bir o’ziga xos jihati g’oyaning yangiligi hamda loyihani bozorga chiqaradigan alohida tashabbusdan iborat. Aynan startaplarni qanday ishga tushirish haqida ushbu rukndagi keyingi maqolalarimizda so’zlab beramiz. Startaplar haqidagi maqolalar ish kunlari — haftasiga besh kun «Daryo» sahifalarida chop etiladi.

Loyiha «Daryo» va StartupFactory.uz tomonidan ishga tushirildi.

Manba:

Startup
“Daryo” va StartupFactory.uz startaplar haqida yangi loyihani boshladi