Varikotsele haqida

Varikotsele haqida

Varikotsele – urug‘ tizimchasidagi venalarning kengayishi bo‘lib, bunda urug‘donlarda vena oqimi buzilishi yuzaga chiqadi. Qonning harakati susayib, urug`don qizib ketadi. Bu kasallik bepushtlikka olib kelishi mumkin.

Varikotsele – urug‘ tizimchasidagi venalarning kengayishi bo‘lib, bunda urug‘donlarda vena oqimi buzilishi yuzaga chiqadi. Qonning harakati susayib, urug`don qizib ketadi. Bu kasallik bepushtlikka olib kelishi mumkin.

Statistik ma’lumotlarga ko’ra, barcha erkaklarning 15 foizi ushbu kasallikka duch keladi. Kasallikni erta bosqichda aniqlash qiyin, chunki u odatda simptomlarsiz rivojlanadi. Varikotsele ko’pincha tasodifan, ultratovush tekshiruvi paytida aniqlanadi.

Varikotsele odatda chap tomonda qayd qilinadi (juda kamdan-kam hollarda ikki tomonlama yoki o’ng tomonlama bo’ladi), bu urug’ venasining chap tomondan to’g’ri burchak ostida buyrak venasiga quyilishi bilan izohlanadi.

Kasallik darajalari

Urug` tizimchasi tomirlari kengayishining to’rt bosqichi mavjud:

  • Birinchi. Palpatsiyada kasallik belgilari aniqlanmaydi, faqat dopplerografiya yoki UTT o’tkazilganda aniqlanadi.
  • Ikkinchi. Tik turgan holatda tomirlar kengayishi aniqlanadi.
  • Uchinchi. Yotgan va tik holatda palpatsiya paytida kengaygan tomirlar aniqlanadi.
  • To’rtinchi. Kengaygan tomirlarni qurollanmagan ko`z bilan ham ko`rish mumkin.

Varikotsele — buyrak, tos yoki qorinparda orti bo’shlig’ida o’smalar shakllanishi asorati ham bo`lishi mumkin.

Sabablari

Varikotsele to`liq mustaqil kasallik hisoblanmaydi. Bu rivojlanishdagi patologiyalar, buyrak tomirlari va pastki kovak vena kasalliklarining alomati hisoblanadi.

Qon teskari yo’nalishda harakat qila boshlaganda, «reflyuks» yuzaga keladi. Kasallik quyidagi shakllarda namoyon bo`ladi:

  • Birlamchi. Quyidagi sabablarga ko’ra paydo bo’ladi:

    — tug’ilhan paytdan boshlab moyak venasida klapan bo`lmasligi;

    — tomirlar devorining zaiflashuvi.

  • Ikkilamchi. Bu yuqori bosim tufayli yuzaga keladigan klapan yetishmovchiligidir. Natijada, qon teskari yo’nalishda oqib chiqa boshlaydi, hamdaa kovak vena va buyrak venalari aralashadi.

    Yuqori qon bosimining sabablari:

    — Buyrak venasi aorta orqasida joylashgan;

    — buyraklar venalar o`rtasidagi spazmlar;

    — halqa shaklida buyrak venasi;

    — arteriovenoz oqma.

Reflyuks sabablari:

  • yorg`oq kasalliklari;
  • chov kasalliklari;
  • qorin sohasidagi churralar.

Kasallik belgilari

Kasallik belgilarining namoyon bo`lishi kasallik bosqichiga bog’liq. Birinchi va ikkinchisi bosqichlarda hech qanday alomatlar kuzatilmaydi. Ushbu bosqichlarda varikotsele faqat ultratovush tekshiruvida aniqlanadi

III bosqich belgilari:

  • yorg`oqda yoqimsiz va og’riqli hislar;
  • yugurish va yurish noqulayligi (harakat paytida chovdagi og’riq nevralgiyaga o’xshaydi);
  • kuchli terlash;
  • yorg`oqda achishish hissi;
  • sezuvchanlikning kamayishi, jinsiy xohishning susayishi.

Tekshiruv vaqtida urolog tomirlarning kengayishini qayd etadi. Yorg`oqda assimetriya kuzatiladi, chunki kasallangan moyak pastga osilib qoladi.

To’rtinchi bosqich kuchli, doimiy og’riq bilan tavsiflanadi. Kechasi u kuchayadi. Yorg`oqda kuchli assimetriya kuzatiladi.

ico
Agar sizda ham shunga o`xshash belgilar borligini aniqlasangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Kasallikning oqibatlarini bartaraf etishdan ko`ra oldini olish osonroq.

Diagnostika

Shifokor birlamchi tekshiruvdan o’tkazgach va quyidagi tekshiruvlarga jo`natadi:

  • UTT va dopplerografiya.
  • Marsh namunasi bo`yicha siydik tahlili (jismoniy zo`riqishlardan oldin va keyin). Tahlilda eritrotsitlar va oqsil aniqlanganda venoz gipertenziya tashxisi qo`yiladi;
  • rentgenografiya.

Ultratovush tekshiruvi — kasallikni tashxislash usuli sifatida

Ultratovush tekshiruvi yotgan holatda, keyin esa tik holatda amalga oshiriladi. Ultratovush diagnostikasi shifokori Valsava testini o’tkazadi. Bunda moyak venasining bemor turganda kengayishi va yotganda torayishiga e`tibor beriladi.

Normal holatda:

  • moyak venasi diametri ikki millimetrdan oshmaydi;
  • qon vena tomiri orqali sekundiga o’n santimetrdan oshmaydigan tezlikda oqadi;
  • reflyuks kuzatilmaydi.

Moyak venasining diametri kattalashganda va reflyuks holari kuzatilganda bemorga «varikotsele» tashxisi qo’yiladi.

Rentgenologik usullar

Diagnostika uchun ishlatiladigan rentgen nurlari turlari:

  • retrograd buyrak-moyakli venografiya
  • antegrad testikuloflebografiya

Tashxis qo’yish uchun kontrast vosita kerak bo`lmaydi.

Qo’shimcha diagnostika usullari

Varikotsele rivojlanishi xavfi yuqori bo’lganda, quyidagi tekshiruvlar o’tkaziladi:

  • Semiologik. Spermatozoidning sifati o’rganiladi. Varikotsele bilan og`rigan bemorlarda patospermiya (harakatchan spermatozoidlarning kichik ulushi) aniqlanadi.
  • Gormonal holatni baholash. Gormonlar tahlili o`tkaziladi.

Urologik tibbiyot markazlarida tashxislash jarayonlari to’liq bajarilishi mumkin.

Davolash

Varikotseleni jarrohlik amaliyotisiz davolash samarasiz. Shifokorlar dori-darmonlarni faqat operatsiyadan so`ng tavsiya qiladilar.

Jarrohlik amaliyotidan keyin vitaminlar va minerallar, ozuqaviy qo’shimchalar, sink va selen, ba’zan esa gormon terapiyasi buyuriladi.

Kasallikni davolashda jarrohlik amaliyoti

Operatsiya narxi uning turi va usuliga qarab belgilanadi. Operatsiyalarning yuzdan ortiq turlari mavjud. Ular ikki guruhga bo’linadi:

  • buyrak arteriyasi bilan bog`liqlikning saqlanishi;
  • buyrak arteriyasi bilan bog`liqlikning uzilishi.

Hozirgi vaqtda mikrojarrohlik operatsiyalari tez-tez amalga oshiriladi, chunki ulardan keyin reabilitatsiya osonroq va qisqaroq bo’ladi, asoratlar, shuningdek kasallikning qaytalanishi kamroq uchraydi.

Jarrohlik uchun tayyorgarlik jarayonlari

Operatsiyadan oldin quyidagi tahlillarni topshirish talab qilinadi:

  • qonning umumiy tahlili (ivish darajasini aniqlash uchun);
  • qon guruhi va rezus-faktorini aniqlash uchun tahlil (har qanday operatsiyada qon ketish xavfi mavjud, shuning uchun shifokorlar bemorning qon guruhini bilishlari muhimdir);
  • siydikning umumiy tahlili (buyrak faoliyatini tekshirish uchun);
  • elektrokardiogramma (yurak ishini tekshirish uchun);
  • qondagi karbamid, glyukoza va kreatin miqdorini bilish uchun biokimyoviy tahlil;
  • ko’krak qafasi rentgenogrammasi.

Operatsiya turlari

Bemor operatsiya narxini tashxis qo`yilib, operatsiya tayinlangandan keyin shifokordan bilib oladi. Uning qiymati murakkabligi va jihozlariga bog’liq:

Ivanissevich operatsiyasi

Jarrohlar tomonidan eng ko’p qo’llaniladigan operatsiya bo`lib, chap moyak venasi bog’lanadi va rezeksiya qilinadi. Reflyuks yo’qotiladi.

Bunday operatsiya to’rtinchi va uchinchi bosqichlarda varikotseleni davolash uchun qo`llaniladi. Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar — gemofiliya va qandli diabet kasalliklari. Bu varikotseleda qo`llanadigan eng qadimgi operatsiyalardan biridir.

Marmara operatsiyasi

Bu eng xavfsiz usul hisoblanadi. U chov kanalining tashqi halqasi orqali amalga oshiriladi. Bunda qorin bo’shlig’i orqali kasallangan tomirni topish ancha osondir.

Kesish ikki-uch santimetrdan ko’p bo’lmagan uzunlikda amalga oshiriladi. Shifokor moyak venasiga kirish imkoniga ega bo’lgach, uni bog’laydi, tikadi va kesib o’tadi. Keyin kesma tikiladi.

Ushbu turdagi operatsiyadan keyin sperma sifati yaxshilanadi.

Laparoskopik operatsiya

Varikotseleni davolashda ushbu operatsiya kam invaziv va endoskopik usul hisoblanadi. Ushbu jarrohlik usulidan quyidagi hollarda foydalaniladi:

  • kasallikning barcha bosqichlarida;
  • aralash varikotseleda.

Ushbu turdagi operatsiyaning narxi yuqori, ammo uning bir qator afzalliklari mavjud:

  • Ikkala tomondan zararlangan tomirlarni kesish va klipsa o`rnatilishi;
  • Deyarli barcha holatlarda asoratlar kuzatilmaydi;
  • Operatsiyadan keyin bemor faqat uch kun kasalxonada yotadi;
  • Ko’rinmaydigan choklar;
  • Davolanishdan keyin yaxshi spermogramma natijalari;
  • Harakat paytida og’riq operatsiyadan keyingi dastlabki kunlarda ham yo’qoladi.

Ushbu operatsiya umumiy anesteziya bilan amalga oshiriladi.

Varikotseleda endovaskulyar fleboskleroz

Ushbu operatsiya ma`lum bir moslama yoki moddani kiritish orqali moyak venasidagi bo`shliqni yopishga qaratilgan. Bunday operatsiya varikotselening reno-testikulyar turida, venoz gipertenziya va buyrak arteriyasi stenozi bo’lmaganda amalga oshiriladi. Operatsiya paytida kesmalar va umumiy anesteziya amalga oshirilmaydi. Operatsiyadan ikki kun o’tgach, bemorga uyga ketish uchun ruxsat beriladi.

Moyak venasining endovaskulyar obliteratsiyasi kattalarda ham, bolalarda ham amalga oshiriladi. Tomirni yopish uchun quyidagilardan foydalaniladi:

  • silindrlar;
  • mato yelimi;
  • spiral shaklidagi embollar;
  • soyabon shaklidagi sim;
  • venalarning qattiqlashishi uchun preparatlar.

Operatsiyadan keyin yuzaga kelishi mumkin bo’lgan asoratlar

Operatsiyadan keyin (ayniqsa, Ivanissevich operatsiyasi) quyidagi asoratlar rivojlanishi mumkin:

  • moyak tushishi (yorg`oqning shilliq qavati suyuqlik bilan to’ladi);
  • moyak atrofiyasi (moyak sezilarli darajada kichrayadi, funksionalligi pasayadi);
  • chov sohasida og’riq (moyak ortig`i qonga to’lib, qobiqqa bosim tushadi);
  • qon tomir devorlarining teshilishi.

Kerakli ma’lumot topmadingizmi?

Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz

Xavfli jihatlari

Kasallik vaqtida davolanmasa, bepushtlikka olib keladi. Boshqa xavfli jihatlari:

  • yorg`oqda og’riq;
  • antisperma antitanalarini ishlab chiqarilishi;
  • moyak haroratining oshishi;
  • gidrokortizon miqdorining ko’payishi;
  • gipofiz gormonlari ishlab chiqarilishining buzilishi.

Kasallikning oldini olish uchun profilaktika usullari

Kasallikka moyillik mavjud bo’lsa, profilaktika natija bermaydi. Kasallikning rivojlanish xavfini minimal darajaga tushirish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish lozim:

  • yorg`oqni ushlab turadigan, siqmaydigan qulay ichki kiyimdan foydalanish;
  • og’ir yuklar va narsalar ko`tarib yurmaslik;
  • vaqtida davolash;
  • doimiy ravishda jinsiy aloqada bo’lish;
  • o’rtacha intensivlikdagi jismoniy faoliyat bilan shug’ullanish;
  • ko’p piyoda yurish.


Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas.

Varikotsele davolovchi shifokorlar

Venereolog, Dermatolog, Urolog

Tajriba 33 yil · Oliy toifali shifokor


  • Urolog birinchi konsultatsiyasi



    200 000 so’m

  • Urolog takroriy konsultatsiyasi



    100 000 so’m

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

200 000 so’m


Batafsil

ico

Mirzo-Ulug’bek tumani, Mustaqillik Shoh Ko’chasi 59А

Mo’ljal: Hamid Olimjon metro bekati

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Dushanba — Shanba 08:30-13:00  

Androlog, Urolog

Tajriba 32 yil · Birinchi toifali shifokor


  • Urolog birinchi konsultatsiyasi



    200 000 so’m

  • Urolog takroriy konsultatsiyasi



    100 000 so’m

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

200 000 so’m


Batafsil

ico

Yashnobod tumani, Maxtumquli ko`chasi, 105

Mo’ljal: eski ToshMI

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Dushanba — Shanba 08:00-14:00  

Androlog, Urolog, Seksolog

Tajriba 25 yil · Oliy toifali shifokor

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

150 000 so’m


Batafsil

ico

Olmazor tumani, Usta Olim ko`chasi, 15 uy

Mo’ljal: Toshkent restorani

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Dushanba — Shanba 08:00-15:00  

Urolog, Seksolog

Tajriba 41 yil · Oliy toifali shifokor

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

150 000 so’m


Batafsil

ico

Olmazor tumani, Beruniy ko`chasi, 1, qavat 1

Mo’ljal: kinoteatr «Guncha», «Registon» restorani yonida — 9 -qavatda. n bino

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Ish vaqti belgilanmagan

ico

Mirobod tumani, Afrosiyob ko`chasi, 12B

Mo’ljal: «Angel’s Food» kafesi «Aybek» metro bekati

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Dushanba — Shanba 12:00-16:00  

Urolog

Tajriba 27 yil · Oliy toifali shifokor


  • Urolog birinchi konsultatsiyasi



    200 000 so’m

  • Urolog takroriy konsultatsiyasi



    150 000 so’m

  • Urolog birinchi konsultatsiyasi



    220 000 so’m

  • Urolog takroriy konsultatsiyasi



    180 000 so’m

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

200 000 so’m

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

220 000 so’m


Batafsil

ico

Chilonzor tumani, Chilonzor-1, 5/1

Mo’ljal: Shahar prokuraturasi ro‘parasida, 66-maktab yonida

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Ish vaqti belgilanmagan

ico

Mirzo-Ulug’bek tumani, Tantan ko’chasi, 1-uy

Mo’ljal: Bolalar suyak-sil kasalligi sanatoriysi (sobiq Krupskaya), TTZ

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Dushanba, Seshanba, Chorshanba, Payshanba 08:00-15:00   

Androlog, Urolog

Tajriba 9 yil


  • Urolog birinchi konsultatsiyasi



    130 000 so’m

  • Urolog takroriy konsultatsiyasi



    100 000 so’m

  • Urolog birinchi konsultatsiyasi



    150 000 so’m

  • Urolog takroriy konsultatsiyasi




    narx so’rov bo’yicha

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

130 000 so’m

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

150 000 so’m


Batafsil

ico

Chilonzor tumani, Cho’pon Ota ko`chasi, 18/19

Mo’ljal: Chilonzor IIBB

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Dushanba, Payshanba 18:00-07:00   

ico

Shayxontohur tumani, Alisher Navoiy ko’chasi, 10

Mo’ljal: Urda chorraxasi, Trast bank ro’parasida

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Dushanba — Shanba 08:30-15:00  

Nefrolog, Urolog

Oliy toifali shifokor

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

100 000 so’m


Batafsil

ico

Yunusobod tumani, Mevazor ko`chasi, 5/14

Mo’ljal: Respublikanskiy Perinatalnoy Sentr, Detskaya klinika TashPMI

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Dushanba — Shanba 08:00-14:00  

ico

Uchtepa tumani, Faziltepa ko`chasi, 21

Mo’ljal: Uchtepa tumani hokimligi

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Ish vaqti belgilanmagan

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

100 000 so’m


Batafsil

ico

Olmazor tumani, Farobiy ko`chasi, 3A

Mo’ljal: yangi ToshMI hududida

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Dushanba — Shanba 08:30-13:00  

Androlog, Urolog

Tajriba 14 yil · Ikkinchi toifali shifokor


  • Urolog birinchi konsultatsiyasi



    130 000 so’m

  • Urolog takroriy konsultatsiyasi



    100 000 so’m

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

130 000 so’m


Batafsil

ico

Chilonzor tumani, Cho’pon Ota ko`chasi, 18/19

Mo’ljal: Chilonzor IIBB

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Dushanba — Shanba 09:00-16:00  

Androlog, Urolog

Tajriba 15 yil

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

150 000 so’m


Batafsil

ico

Olmazor tumani, Usta Olim ko`chasi, 15 uy

Mo’ljal: Toshkent restorani

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Dushanba — Shanba 08:00-15:00  

Kerakli ma’lumot topmadingizmi?

Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz

Foydali ma’lumot

ico

Analizlar

Med24.uz siz barcha laboratoriya tekshiruvlaridan o’tishingiz mumkin bo’lgan sizga yaqin atrofdagi klinikani tanlashda yordam beradi


Batafsil ico

ico

Diagnostik markazlar

Med24.uz ixtisoslashtirilgan portali uyingiz yaqinidagi diagnostika markazini tanlashda yordam beradi


Batafsil ico

ico

Tibbiy xizmatlar

Turli klinikalarda tibbiy xizmatlar qancha turishini bilib oling


Batafsil ico

Kerakli ma’lumot topmadingizmi?

Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz

Kasalliklar
VARIKOTSELE