Peshob tuta olmaslik haqida
Peshob tuta olmaslik (inkontinensiya) – bu bemorlarda siydikning beixtiyor bo`shatilishiga olib keladigan alomat bo’lib, bu jarayonni nazorat qilib bo’lmaydi. Bu holat bir martalik (aksirish, yo’tal, stressli vaziyat tufayli), vaqtinchalik yoki doimiy bo’lishi mumkin. Bu keng tarqalgan muammo hisoblanadi, lekin ko’pincha 6 yoshgacha bo’lgan bolalar va 50 yoshdan oshgan ayollarda kuzatiladi. Kattalar va bolalarda inkontinensiyaning sabablari farq qiladi. Hamma bemorlar ham shifokorga murojaat qilmasligi tufayli ularning soni rasmiy statistikada aks ettirilganidan ancha yuqoridir.
Peshob tuta olmaslik (inkontinensiya) – bu bemorlarda siydikning beixtiyor bo`shatilishiga olib keladigan alomat bo’lib, bu jarayonni nazorat qilib bo’lmaydi. Bu holat bir martalik (aksirish, yo’tal, stressli vaziyat tufayli), vaqtinchalik yoki doimiy bo’lishi mumkin. Bu keng tarqalgan muammo hisoblanadi, lekin ko’pincha 6 yoshgacha bo’lgan bolalar va 50 yoshdan oshgan ayollarda kuzatiladi. Kattalar va bolalarda inkontinensiyaning sabablari farq qiladi. Hamma bemorlar ham shifokorga murojaat qilmasligi tufayli ularning soni rasmiy statistikada aks ettirilganidan ancha yuqoridir.
Peshob tuta olmaslik sabablari
Siydik tuta olmaslikning o`zi kasallik hisoblanmaydi, bu ko’plab boshqa kasalliklarning alomatidir. Shifokorlar uning kelib chiqish sabablarini guruhlarga ajratadilar:
- Anatomiya va fiziologiyaning tug’ma va orttirilgan xususiyatlari. Siydik chiqarish yo’llari, uretra tuzilishi buzilganda peshob chiqarish ritmi buziladi va uni nazorat qilib bo`lmaydi.
- Yallig’lanish, kichik tos a’zolari operasiyalari, shuningdek, tug’ruqdan keyin (ayniqsa ular ko`p va qiyin kechgan bo`lsa) nerv retseptorlarining sezgirligining pasayishi. Semirish, og’ir yuklar ko’tarish, homiladorlik organlarning holatiga ta’sir qiladi va shu sababli ushbu patologiya rivojlanishi mumkin.
- Gormonal muvozanatning buzilishi 50 yoshdan keyin ayollarda siydik tuta olmaslikning eng keng tarqalgan sababidir. Estrogen ishlab chiqarilishining pasayishi tufayli kollagen miqdori ham pasayadi va bu tos bo’shlig’i mushaklari to’qimalari elastikligining yomonlashuviga olib keladi.
- Qon tomir tizimi kasalliklari (ateroskleroz, tromboz, qandli diabetdagi angiopatiya) yoki tomirlarni siqib qo`yadigan katta o`smalar tufayli siydik tizimida qon aylanishining buzilishi.
- Siydik chiqarish tizimiga impulslar noto`gr`ri yetib kelishiga olib keladigan asab tizimi kasalliklari: neyropatiya, tarqoq skleroz va boshqalar.
Peshob tuta olmaslik turlari
- Stress bilan bog’liq inkontinensiya. Stressli holatlarda mushaklar bo’shashadi, siydik qopi bo’yni harakatchanroq bo’ladi, shu tufayli siydik ajraladi. Bu holatlar tug`ma bo`lishi yoki hayotning har qanday davrida orttirilishi mumkin. Orttirilgan kasallik ko’pincha gormonlar muvozanati buzilishi, organlar deformatsiyasi va og`ir tug`ruq bilan bog’liq. Kuchli yo’tal yoki kulish, shuningdek aksirganda bilan sfinkterga bosim kuchayadi va siydik chiqariladi.
- Shoshilinch peshob chiqarish siydik ayiruv tizimida asosiy ahamiyatga ega bo`lgan detruzor disfunksiyasi tufayli yuzaga keladi. Juda yosh bolalarda bu jarayon ixtiyorsiz sodir bo`ladi, shuning uchun uni faqat detruzor boshqaradi. Yosh o`tishi bilan detruzorning funksiyasi zaiflashadi, peshob ajratishni nazorat qilish mumkin bo’ladi. Ammo ba’zi odamlarda detruzor tonusi saqlanib qoladi va ular siydik ajralishiga to’sqinlik qila olmaydi. Stressli inkontinensiyadan farqli o’laroq, shoshilinch peshob ajratish kuchli istak va chiday olmaslik bilan ifodalanadi. Shuningdek, siyish suvning tovushi, haroratning pasayishi va boshqa holatlar tufayli yuzaga kelishi mumkin.
- Bolalik davridagi peshob tuta olmaslik alohida tur sifatida ajralib turadi, chunki u o’ziga xos farqlarga ega. Bunday tashxis bola 3 yoshga to`lgach, normal holatda peshob chiqarish nazorat qilinganda qo`yiladi. Enurez – tungi uyquda peshob ajratish, kunduzgisi esa siydik pufagining haddan tashqari faolligi bilan bog’liq. Enurez paydo bo’lishi asosan ADG (antidiuretic gormon) sintezining buzilishi bilan bog’liq.
Peshob tuta olmaslik diagnostikasi
Anamnezni o’rganish paytida shifokor peshob tuta olmaslik sababini aniqlash uchun quyidagi tekshiruvlarni tavsiya qiladi:
- yallig`lanish va infeksiyalar istisno qilish uchun siydikning umumiy tahlili;
- siydikning bakteriologik tekshiruvi;
- siydik-tanosil tizimi organlarining ultratovush tekshiruvi;
- urofloumetriya (siydik chiqarish jarayonini baholash).
Bir necha kun davomida bemor kun davomida peshob ajratish bo`yicha barcha ma’lumotlarni yozib boradi. U siydik miqdorini, siydik ajratishlar sonini, tuta olmaslikni qo’zg’atishi mumkin bo’lgan vaziyatlarni tavsiflaydi. Ayollar qin, bachadon va tos bo’shlig’i mushaklari holatini baholash uchun ginekolog ko`rigidan o`tadilar. Tekshiruvda yo’tal testi yoki taglikli test o’tkaziladi. Ikkinchi usul aniqroq deb hisoblanadi. Buning uchun maxsus taglikdan foydalaniladi, ixtiyorsiz siydik ajratishdan so`ng, siydik miqdorini aniqlash uchun o`lchab ko`riladi.
Yuqoridagi tekshiruvlar natijasi asosida shifokor aniq tashxis qo’yib, individual davolanish usullarini belgilaydi.
Peshob tuta olmaslik qanday davolanadi?
Ko’pincha konservativ usul qo’llaniladi, agar u kutilgan natijani bermasa, jarrohlik amaliyoti talab qilinishi mumkin.
Inkontinensiya qanday davolanadi:
- Dori-darmonlar siydik tutolmaslik belgilari bo’lgan kasallikka qarab buyuriladi. Siydik pufagining haddan tashqari faolligi va tungi enurez uchun dorilar eng kuchli ta’sirga ega. Giperaktivlikni davolashda dorilar detuzor tonusini pasaytiradi. Enurezda esa kun davomida siyish miqdorini nazorat qiluvchi dorilar qo’llaniladi. Davolash har bir bemorga individual yondashuvni talab qiladi.
- Dori vositalarisiz davolash siydik pufagi mashqlari, shuningdek, ortiqcha vaznda umumiy jismoniy faoliyatni o’z ichiga oladi. Nikotinga qaramlik va kofemaniya tos mushaklari uchun salbiy ta`sirga ega.
Siydik pufagi orqa chiqaruv teshigini siqish orqali mashq qildiriladi. Vaqt o’tishi bilan siyish har uch-to’rt soatda amalga oshirilishi kerak.
Kegel mashqlari tos bo’shlig’i mushaklarini kuchaytirish uchun bajariladi. Bu usul bilan ayollarda inkontinensiyani davolash tavsiya etiladi. Avval qaysi mushaklarni mashq qildirish kerakligini tushunish lozim, buning uchun bemor siyishni simulyatsiya qiladi va bunda qaysi mushaklar ishtirok etishini bilib oladi. Mashqlar kuniga uch marta amalga oshiriladi, bunda mushaklar goh taranglashtirilib, goh bo`shashtiriladi.
- Jarrohlik usuli an’anaviy davolash samarasiz bo’lganda qo’llaniladi. Operatsiya ko’pincha stressli turida amalga oshiriladi. Operatsiyalar har xil, shuningdek, kam invaziv bo`lishi mumkin.
- “Sling” jarrohlik amaliyoti. Sintetik matodan yasalgan to’r, halqaga o’ralgan holda, siydik yo’li yoki bachadon bo’yniga chov burmalari orqali kiritiladi. Buning natijasida uretra bosimga chidamliroq bo`ladi. Bu samarali usul hisoblanadi, ammo ushbu operatsiyadan keyin ham kasallik qaytalanishi mumkin.
- Kollagen inyeksiyasi va shunga o’xshash ta’sirga ega bo’lgan boshqa preparatlar siydik chiqarish kanali hajmini va uning funksiyalarini normallashtirish uchun yuboriladi. Operatsiya o`tkazish uchun anesteziya kerak bo`ladi. Samaradorlik yuqori, lekin qaytalanishlar sodir bo’lish ehtimoli bor.
- Laparoskopik jarrohlik shifoxona va umumiy anesteziya talab qiladigan murakkab operatsiya hisoblanadi. Bu operatsiya yengilroq operatsiyalardan hech qanday ta’sir bo’lmaganda amalga oshiriladi. Jarrohlik vaqtida uretra atrofidagi to`qimalar chov paychalariga biriktiriladi.
- Kolporafiya — qinning bir qismini tikish bo`lib, bu faqat ichki organlarning joylashishi, ularning pastga siljishi yoki tushishi bilan bog’liq muammolar mavjud bo’lganda amalga oshiriladi.
Siydik tuta olmaslik qayerda davolanadi?
Birinchi alomatlar paydo bo’lganda, kasallikni o`tkazib yubormaslik uchun shifokor ko`rigidan o`tish kerak. Bizning veb-saytimizda siz kerakli mutaxassisni topishga yordam beradigan klinikalarni va bemorlarning sharhlarini topishingiz mumkin. Xizmatlar narxlarini veb-saytimizda to’g’ridan-to’g’ri solishtirish mumkin va aloqa telefon raqamiga qo’ng’iroq qilib, barcha tafsilotlarni aniqlab olishingiz mumkin.
Kerakli ma’lumot topmadingizmi?
Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz
Profilaktika
Patologiyaning rivojlanishiga yo’l qo’ymaslik uchun quyidagilarga rioya qilish lozim:
- Uzoq vaqt davomida toqat qilmang va har uch soatda kamida bir marta hojatxonaga boring;
- Spirtli ichimliklar va tarkibida kofein bo’lgan ichimliklar iste’mol qilmang;
- Chekmang;
- Tos bo’shlig’i mushaklari uchun maxsus mashqlar bajaring.
Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas.
Peshob tuta olmaslikni davolovchi shifokorlar
Venereolog, Dermatolog, Urolog
Tajriba 33 yil · Oliy toifali shifokor
-
Urolog birinchi konsultatsiyasi
200 000 so’m -
Urolog takroriy konsultatsiyasi
100 000 so’m
Qabul turi
Klinikada
200 000 so’m
Mirzo-Ulug’bek tumani, Mustaqillik Shoh Ko’chasi 59А
Mo’ljal: Hamid Olimjon metro bekati
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba — Shanba 08:30-13:00
Androlog, Urolog
Tajriba 32 yil · Birinchi toifali shifokor
-
Urolog birinchi konsultatsiyasi
200 000 so’m -
Urolog takroriy konsultatsiyasi
100 000 so’m
Qabul turi
Klinikada
200 000 so’m
Yashnobod tumani, Maxtumquli ko`chasi, 105
Mo’ljal: eski ToshMI
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba — Shanba 08:00-14:00
Olmazor tumani, Beruniy ko`chasi, 1, qavat 1
Mo’ljal: kinoteatr «Guncha», «Registon» restorani yonida — 9 -qavatda. n bino
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Ish vaqti belgilanmagan
Mirobod tumani, Afrosiyob ko`chasi, 12B
Mo’ljal: «Angel’s Food» kafesi «Aybek» metro bekati
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba — Shanba 12:00-16:00
Androlog, Urolog, Seksolog
Tajriba 25 yil · Oliy toifali shifokor
Qabul turi
Klinikada
150 000 so’m
Olmazor tumani, Usta Olim ko`chasi, 15 uy
Mo’ljal: Toshkent restorani
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba — Shanba 08:00-15:00
Urolog
Tajriba 27 yil · Oliy toifali shifokor
-
Urolog birinchi konsultatsiyasi
200 000 so’m -
Urolog takroriy konsultatsiyasi
150 000 so’m -
Urolog birinchi konsultatsiyasi
220 000 so’m -
Urolog takroriy konsultatsiyasi
180 000 so’m
Qabul turi
Klinikada
200 000 so’m
Qabul turi
Klinikada
220 000 so’m
Chilonzor tumani, Chilonzor-1, 5/1
Mo’ljal: Shahar prokuraturasi ro‘parasida, 66-maktab yonida
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Ish vaqti belgilanmagan
Mirzo-Ulug’bek tumani, Tantan ko’chasi, 1-uy
Mo’ljal: Bolalar suyak-sil kasalligi sanatoriysi (sobiq Krupskaya), TTZ
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba, Seshanba, Chorshanba, Payshanba 08:00-15:00
Qabul turi
Klinikada
100 000 so’m
Olmazor tumani, Farobiy ko`chasi, 3A
Mo’ljal: yangi ToshMI hududida
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba — Shanba 08:30-13:00
Yunusobod tumani, Mevazor ko`chasi, 5/14
Mo’ljal: Respublikanskiy Perinatalnoy Sentr, Detskaya klinika TashPMI
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba — Shanba 08:00-14:00
Uchtepa tumani, Faziltepa ko`chasi, 21
Mo’ljal: Uchtepa tumani hokimligi
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Ish vaqti belgilanmagan
Androlog, Urolog
Tajriba 9 yil
-
Urolog birinchi konsultatsiyasi
130 000 so’m -
Urolog takroriy konsultatsiyasi
100 000 so’m -
Urolog birinchi konsultatsiyasi
150 000 so’m -
Urolog takroriy konsultatsiyasi
narx so’rov bo’yicha
Qabul turi
Klinikada
130 000 so’m
Qabul turi
Klinikada
150 000 so’m
Chilonzor tumani, Cho’pon Ota ko`chasi, 18/19
Mo’ljal: Chilonzor IIBB
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba, Payshanba 18:00-07:00
Shayxontohur tumani, Alisher Navoiy ko’chasi, 10
Mo’ljal: Urda chorraxasi, Trast bank ro’parasida
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba — Shanba 08:30-15:00
Qabul turi
Klinikada
120 000 so’m
Yunusobod tumani, Mevazor ko`chasi, 5/14
Mo’ljal: Respublikanskiy Perinatalnoy Sentr, Detskaya klinika TashPMI
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba — Shanba 08:00-15:00
Olmazor tumani, Usta Olim ko`chasi, 15 uy
Mo’ljal: Toshkent restorani
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba — Shanba 08:00-15:00
Kerakli ma’lumot topmadingizmi?
Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz
Foydali ma’lumot
Analizlar
Med24.uz siz barcha laboratoriya tekshiruvlaridan o’tishingiz mumkin bo’lgan sizga yaqin atrofdagi klinikani tanlashda yordam beradi
Diagnostik markazlar
Med24.uz ixtisoslashtirilgan portali uyingiz yaqinidagi diagnostika markazini tanlashda yordam beradi
Shifokorlarning keng tarqalgan mutaxassisliklari
Keng tarqalgan tibbiy xizmatlar
Kerakli ma’lumot topmadingizmi?
Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz
Kasalliklar
Peshob tuta olmaslik