Diareya haqida

Diareya haqida

Diareya – xalq orasida ichog‘rig‘i, ich ketishi nomlari bilan ataladigan xastalik bo‘lib, ichak yo‘llarining funksional buzilishi hisoblanib, ichaklarni tez-tez bo‘shatish va ichning suyuq holatda kelishi bilan kechadi. Diareya bilan kattalar ham, bolalar ham kasallanishi mumkin.

Diareya xalq orasida ichog‘rig‘i, ich ketishi nomlari bilan ataladigan xastalik bo‘lib, ichak yo‘llarining funksional buzilishi hisoblanib, ichaklarni tez-tez bo‘shatish va ichning suyuq holatda kelishi bilan kechadi. Diareya bilan kattalar ham, bolalar ham kasallanishi mumkin.

Kelib chiqish sabablari

Diareya ichaklarda suyuqlik va elektrolitlarning so’rilishi bilan bog`liq buzilishlar tufayli rivojlanishi mumkin. Mazkur kasallik quyidagi sabablarga ko’ra yuzaga keladi:

Diareya belgilari

Suyuq axlat – diareyaning eng asosiy belgisidir. Shuningdek, kasallikka quyidagi belgilar ham xos:

ico
Agar sizda ham shunga o`xshash belgilar borligini aniqlasangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Kasallikning oqibatlarini bartaraf etishdan ko`ra oldini olish osonroq.

Diagnostika

Avvalo, ichaklar mikroflorasi, gijja tuxumlari va mikroorganizmlar mavjudligini aniqlash uchun axlat tahlili olinadi. Surunkali diareyada ichki organlarning ultratovush tekshiruvi, kolonoskopiya va kerak bo’lganda to’qimalarning biopsiyasini o`tkazish lozim.

Diareyani davolash

Diareyani to`g`ri va samarali davolashni faqat uning tabiati va kelib chiqishi mexanizmi aniq bo`lganida amalga oshirish mumkin.

  • Agar kasallikning kelib chiqish tabiati yuqumli bo’lsa, u holda shifokor antibiotiklarni (Levomisetin, Biseptol, Norbaktin), sulfanilamidlar, nitrofuranlarni buyuradi.
  • Diareya sababi stressda bo’lsa, bemorga tinchlantiruvchi dorilar, shuningdek, trankvilizatorlar (Tazepam, Seduksen, Grandaksin, Persen) buyuriladi.
  • Agar suvsizlanish yuzaga kelsa (ko’pincha bolalarda), tomir ichiga tomchilar buyuriladi. Shifokor Regidron, Gastrolit, probiotiklar va enterosorbentlarni buyuradi.

Kerakli ma’lumot topmadingizmi?

Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz

Parhez

To’rtinchi raqamli parhez buyuriladi. Ko’p miqdorda suv, qaynatilgan guruch, qaynatma sho’rvalar, dimlab pishirilgan sabzavotlar va mevalar tavsiya etiladi, nonni quritib, qoqnon ko`rinishida yeyish tavsiya etiladi. Yog’li, qovurilgan, sho’r oziq-ovqat mahsulotlari, xom meva va sabzavotlarni iste’mol qilish taqiqlanadi.

Xavfli jihatlari

Avvalo, Diareya tananing suvsizlanishi tufayli xavfli hisoblanadi. Agar Diareya ichak infeksiyasi tufayli kelib chiqqan bo`lsa, sepsis kelib chiqishi ehtimoli mavjud (ayniqsa bolalarda). Suv-elektrolit balansi buzilishi natijasida barcha a’zo va to‘qimalar ishi buzilib, tutqanoq va yurak to`xtashiga olib kelishi mumkin. Shu sababdan birinchi belgilar paydo bo`lishi bilanoq, darhol gastroenterolog qabuliga borish lozim.

Xavf guruhi

Diareya bilan ko`pincha keksa yoshdagilar, bolalar va immuniteti past kishilar kasallanadilar.

Profilaktika

Diareyaning oldini olish uchun quyidagi, aytarli qiyin bo‘lmagan tavsiyalarga amal qilish talab etiladi:

  • shaxsiy gigiyena qoidalariga riouya qilish, xususan, ovqatdan oldin qo‘llarni sovunlab tozalab yuvish;
  • qaynatilmagan suvni ichmaslik;
  • eski va muddati o‘tgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilmaslik;
  • sabzavot va mevalarni iste’mol qilish va ovqatga ishlatishdan oldin tozalab yuvish.


Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas.

Kasalliklar
Diareya