Kartoshka ekish va yetishtirish sirlari
Kartoshka ekish va yetishtirish sirlari
DO`STLARGA ULASHING:
Аhamiyati.
Kartoshka – oziq ovqat, yem-xashak va texnik ahamiyatga ega
universal ekindir. Uni ikkinchi non deb yuritiladi. Kartoshkadan 500 dan ziyod turli mazali taomlar tayyorlanadi. Kartoshka tuganagi-qayta ishlaydigan spirt, kraxmal, dekstrin, glyukoza, kauchuk va boshqa sanoat tarmoqlari uchun xom ashyo hisoblanadi. Kartoshkadan olinadigan spirt tibbiyotda, kraxmal esa qogʼoz, toʼqimachilik va oziq-ovqat sanoatlarida almashinmaydigan, tengi yoʼq mahsulotdir.
Urugʼ tanlash.
Kartoshkadan yuqori hosil olish, xosil sifatini yaxshilash va erta yetilishini taʼminlash uchun uni undirilgan tuganaklaridan ekish kerak. Undirilgan tuganaklarni bahorgi muddatlarda ekish undirilmagan tuganaklarni ekishga qaraganda hosildorlikni 12–15% oshirib, 10–15 kun erta pishishiga imkon beradi. Mahalliy sharoitda tayyorlangan urugʼlar undirish xonalariga ekishdan 30–35 kun oldin, chetdan keltirilgan urugʼliklar 20–25 kun ilgari qoʼyiladi.Undirish xonasida yorugʼlik va 18–22 o S daraja issiq harorat yaratilishi lozim. Urugʼliklar mayda yirikligiga qarab (40–60, 60–80, 80–100 g) saralab undirish xonasining pollariga, soʼkchaklarga (stellaj) 2–3 qatlamdan oshirmay yoki 12–20–25 kg li yashiklarga qoʼyish lozim. Ogʼirligi 100 g dan katta boʼlgan tuganaklarni ekish uchun ikki-uch boʼlakka boʼlinib ekiladi. Kartoshka hosildorligini oshirishda ekiladigan urugʼlik tuganaklarning yirikligi, shakli va boshqa belgilari eʼtibor berish muhim tadbir hisoblanadi.
Yer tayyorlash.
1 sotixga 250–300 kg (10 sotixga 2,5–3 t) toza, chirigan goʼng solinadi. Tuproq belkurakda 18–20 sm chuqurlikda yumshatiladi yoki ketmon bilan chopiladi. Katta kesaklar maydalanadi va yer tekislanadi.
Tuganaklarni ekish uchun qator oralari 70-90 sm li egatlar olinadi.Ekish muddati va sxemasi.
Kartoshka oldindan tayyorlab qoʼyilgan maydonga qoʼlda ketmon bilan 70×30 yoki 90×25 sm sxemada ekiladi.
Parvarishlash.
Tuganaklar toʼliq unib chiqquncha ob-havo va yer sharoitiga koʼra 1–2 marta sugʼoriladi. Sugʼorish natijasida begona oʼtlar ham jadal oʼsib chiqa boshlaydi. Ularni yoʼqotish maqsadida sugʼorishdan 3–5 kun oʼtgach, qator oralari va egatlarning ustki qismiga qoʼlda ketmon bilan yengil chopiq qilinadi. Ular yerdan toʼliq unib chiqqandan keyin 20–25 kun oʼtgach, oʼsimliklarga birinchi kompleks ishlov beriladi. Qator oralari 15– 16 sm chuqurlikda, oʼsimlikdan 10–12 sm himoya masofasi qoldirilib yumshatiladi va begona oʼtlardan tozalanadi. Shundan soʼng oʼsimliklarni birinchi marta azotli oʼgʼit (50%) bilan oziqlantirib, keyin qondirib sugʼorish tavsiya etiladi.Ikkinchi kompleks ishlov birinchi ishlovdan 25–28
kun oʼtgach yoki oʼsimliklar yoppasiga gʼunchalaydigan davrda amalga oshiriladi. Kartoshka bahorda ekilganida oʼsuv davri havoning salqin va tuproqning sernam paytiga, hosil toʼplash davri esa yozning ayni qiziy boshlagan vaqtiga toʼgʼri keladi. Shuning uchun ham ertagi kartoshkani hosil toʼplash (tuganaklash) paytida har 5–6 kunda 1 sotix 4–4,5 m 3 meʼyorda sugʼorishni talab qiladi. Kechki kartoshka oʼsuv davrida 8–10 kun oralatib bir meʼyorda sugʼoriladi. Hosilni yigʼib-terib olishga 2–3 hafta qolganda suv berish toʼxtatiladi.Oʼgʼitlash.
Kartoshkaning miineral oʼgʼitlarga boʼlgan talabi yuqori. Shu bois bu ekinni oʼstirishda 1 sotix maydonga sof holda 2,2 kg azot, 1,7 kg
fosfor, 1,1 kg kaliy berish kerak.Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish.
Kartoshka oʼsimligini kolorado qoʼngʼizi va kartoshka kuyasi koʼp zararlaydi. Kolorado qoʼngʼizi paydo boʼla boshlaganda uni qoʼlda terib chiqish tavsiya etiladi. Qoʼngʼizlar koʼpayib tuxum qoʼya boshlagandan keyin kimyoviy preparatlar qoʼllaniladi. Bunda 10 sotix maydonga Karate 5% k.e. (10 ml), Mospilan 20% n.k. (20–25 ml), Sumi-alьfa 5% k.e. (50 ml) preparatlari 60–70 litr suvda yaxshilab aralashtirilib purkaladi. Kartoshka kuyasiga esa Koragen 200 k.e
(xlorat-raniliprol) -0,15-0,20 l/ga (10l suvga 1,5-2ml) va Emafos 42% k.e. (emamektin benzoat+xlorpirifos) – 0,6-0,8 l/ga (10l suvga 6-8ml) qoʼllash tavsiya etiladi.Hosilni yigʼishtirish.
Kartoshka tuganaklari 25–30 sm chuqurlikda shakllanadi, shuning uchun ketmon yordamida chuqurroq kovlab olinadi. Kovlash davrda tuproq nam boʼlishi lozim. Shunda kartoshkalarni beshikast yigʼishtirishga erishiladi.
Iqtisodiy samarasi.
10 sotix maydonga 300 kg urugʼlik kartoshka 2500 soʼmdan 750 ming soʼm sarflanadi. Umumiy xarajatlar 1399050 soʼmni tashkil etadi. Xosil narxi bir kilogrami 2000 soʼmdan sotilganda 4 mln. 460 ming soʼm boʼladi. Shunda 10 sotix maydondan 3 mln. 61 ming soʼm sof
foyda olish mumkin.
Kartoshka ekish va yetishtirish sirlari