Sabr-qanoat va sabrsizlik haqida maqollar
Azob ko’rmay, rohat yo’q. Azobga bardosh kerak, Arg’umoq birda yolli, birda yolsiz, Arg’umoqda yol yo’q deb, Er yigitda mol yo’q deb, Asl boylik — qanoat. Achchiq yutish — tog’ yutish. Achchig’ing kelsa, burningni tishla. Bardoshliga yog’lik osh, Barcha yukni ko’targan tuya «Berdi»sini aytguncha, behni bukma. «Berdi»sini aytguncha, urib o’ldirma. Besabrning nafsi shoshar, Bir achchiqning bir chuchugi bor. Bir bo’lgan ikki bo’lmay qolmas, Bir yomon kunning bir yaxshi kuni bor. Bir yomonning bir yaxshisi bor. Bir terida qo’y necha semirib, necha ozar. Bir qoshiq oshim — Bol bor yerda bolari bor. Bola shoshar, Bolta bo’lsang, ur, Boriga rozi bo’l, Bugungi jahlni ertaga qo’y. Buzoqdan oldin qoziq qoqilmas. Bo’ri oriqhgini bildirmas. Gapning «berdi»sini eshit. Gul tikansiz bo’lmas, Gul tikansiz bo’lmas, Gul tilagan xor jafosin chekar. Gulni sevgan tikaniga chidaydi. Gulchi bir gulni o’stirguncha, Yeyuviga chidasang, to’y qil, Jabrga sabr yo’q. Jahl — joningga jabr. Jahl dushmani — sabr. Jinnining jirtakka tobi yo’q, Jo’jani kuzda sana. Zamonaning zindoni ham, xandoni ham bor. Indamasang, uyday balodan qutulasan. Ip qancha uzun bo’lmasin, uchi topilar. Ipakbilan boshlab, ip bilan tugatma. Itdan och yo’q, Kamoli imon — sabr. Karomat bilan karam pishmas, Katta topganini kiyar, Katta to’qoch pishguncha, Kashta qimmat, sabr arzon. Keyingi tuyaning yuki og’ir. Kurash qurbonsiz bo’lmas. Kutganga kun uzoq. Kutganning kuni o’tmas. Kutilgan qozon qaynamas. Non pishguncha, kulcha kuyar. Odamning boshi — soyning toshi. Odob bilan baxt topilar, Oldin angla, keyin tanla. Ongniganni kutgan yengar. Ot bo’lguncha, toy ham bo’lar. Och o’zini o’tga urar. Ochiqqan o’lmas, oshiqqan o’lar. Oshiqmagan ovchi humo ovlar. Oshiqmagan olisga yetar. Och bo’lsang ham to’qday bo’l, Og’ir bosilguncha, yengil ko’tarilar. Og’ir karvon og’ir ko’char. Og’ir toshni suv eltmas. Pish qozonim besh oy, Podadan oldin chang ko’tarma. Poklik sog’liqni, aql sabrni saqlar. Rohatini ko’rgan azobiga ham chidaydi. Sabr — achchiq, mevasi — shirin. Sabr bilan mehnat qilgan boy bo’lar. Sabr bilan xor guliston bo’lar, Sabr so’nggi — so’m oltin. Sabr — yutuq kaliti. Sabr tagi — rahmon, Sabr tagi — sari oltin, Sabr tog’ni yiqitar. Sabr — umr xazinasi. Sabr — shodlik kaliti. Sabr etgan yetar murodga, Sabr etgan — murodga yetgan. Sabr qilgan moy oshar, Sabr qilsang, tuyaning yukini bo’ta ko’tarar. Sabr qilsang, g’o’radan holva bitar, Sabrli bo’lsang, o’zarsan, Sabrli kishining ishi soz. Sabrli ming yashar, Sabrli chidar, Sabrli qui murodiga yetar. Sabrlining boshiga olma bitar, Sabrsiz baliq sog’asidan ilinar. Sabrsizning bir ko’zi jirtlash bo’lar. Savlatlidan saboth zo’r. Salobatli bo’lma, sabotli bo’l. Sirot kechmay, qah-qah urma. Sovun kirni ochar, Soqov so’zining so’ngini kut. Suv ko’rmay, etik yechma. Suvdan ilgari bug’ot solma. Suvsagan o’lmas, hovliqqan o’lar. So’ragan adashmas, Tavakkalning boshi — kal. Tavakkalning tagi — taxir. Tavakkalning tubi tosh, Tayloqni tayloq dema, Tez bitgan, tez yitar. Tez kirishgan, bot qaytar. Tez so’zlar tez pushaymon bo’lar. Tek yurgan, to’q yurar. Toy mingan ot ham minar. Tomchi tomib bo’lguncha, Tosh — qattiq, Toqat qilsang, tog’ egilar, Toqatliga tog’lar egar boshini, Tuya elakka qolganda «bo’» depti. To’ymasang, to’yingda ye. Xamir qormasdan, tandirga o’t yoqma. Xom terini iylasang, ulton bo’lur, Chidamli er lochin tutar. Chopib borgan yerga, Chuchvarani xom sanama. Shaytonga — hay. Shoshgan zuluk sholi poyasini tishlar. Shoshgan zuluk yaproqqa yopishar. Shoshgan ishga shayton qo’shilar. Shoshgan kelin erini «oyi» debdi. Shoshgan kishi, ham boshi bilan yurar, Shoshgan pashsha sutga qo’nar. Shoshgan shamol bilan barobar. Shoshgan shoshilib yiqilar, Shoshgan er uyiga yetolmas. Shoshgan o’rdak ham boshi bilan sho’ng’iydi, Shoshgan qiz erga yolchimas. Shoshganda labbay topilmas. Shoshganning ishi o’ngmas. Shoshib suringandan Shoshilgan — loyga botgan. Shoshilgan yiqilar, Shoshmagan arava quyonga yetar. Shoshmagan er oqqush tutar. Shoshmasang, tez yetasan, Shoshqaloq to’g’ramchi qo’lini kesar. Ekinni kutsang — ekin. Er bo’ynida qil arqon chirimas. Eshak o’yini — qirq yilda, Yuvvosh otning manglayi qattiq. Yuzga chidagan, mingga ham chidaydi. Yuk og’irini nor ko’tarar, Yaxshi ot keyin chopar. O’z oshim — g’avg’osiz boshim. O’z uyingda oshing bo’lsa, O’lma eshagim, arpa yersan. O’tir qizim, o’rin top. O’tirgan qiz uy topar. O’ttiz kun ro’zaning bir kun hayiti bor. O’ttiziga chidagan Qand yeding ham indama, Qanoat — qizil oltin. Qanoat qilsang, qorning to’yar, Qanoat qorin to’ydirar. Qizning joni — qirqta. Qiyindan qochma, Qilich sug’urguncha, qaytarishni o’yla. Qulon boshiga ish tushsa, Qo’rqqandan hovliqqan yomon. G’azab — oldinda, aql — keyinda. G’alvirni suvdan ko’targanda ko’r. Har cho’ponning bir tayoq ko’tarishi bor. Hovliqqan mushuk ko’r tug’ar. Hovliqqan qiz erdan tinmas. Hovliqqanga sichqon teshigi ming tangga.Sabr-qanoat va sabrsizlik haqida maqollar
DO`STLARGA ULASHING:
Hamisha yo’ldosh kerak.
Er yigit birda molli, birda molsiz.
Yo’lga tashlab ketmanglar.
Yovga tashlab ketmanglar.
Sabrsizga osh ham tosh.
Cho’michni ham ko’tarar.
Tusagani kuzda pishar.
Ikki bo’lgan uch bo’lmay qolmas,
Uch bo’lgan doim bo’lmay qolmas.
G’alvasiz boshim.
Tut vaqtida pishar.
Kunda bo’lsang, chida.
Yo’g’iga sabr qil.
Dur — sadafsiz.
Safo — jafosiz.
Yuz tikan zahrini tortadi.
O’luviga chidasang, qo’y qil.
Shogirdning — pirtakka.
Itdan tinch yo’q.
Qanoat bilan qorin to’ymas.
Kichik — suyganini.
Kichik to’qoch kuyibdi.
Sabr bilan — taxt.
Miltiqdan chiqqan o’qday bo’l.
O’tir qizim olti oy.
Sho’r zamin bog’ bilan bo’ston bo’lar.
Shoshgan ishi — shayton.
Sabr bilan chiqar oting.
Besabr qolar uyatga.
Olqish olgan ko’p yashar.
Besabrlar o’z oyog’idan yitar.
Sabrsiz bo’lsang, to’zarsan.
Sabrsiz oz yashar.
Sabrsiz yonar.
Sabrsizning boshiga — g’avg’o.
Sabrsiz — sirni.
O’ylovchi shoshmas.
Boshingni ursang yorilar.
Tayloq tuya bo’lar.
Daryo oqib bo’ladi.
Toshdan ham bosh qattiq.
Sabr qilsang, bog’ egilar.
Betoqatning itlar yeyar loshini.
Nafsini tiygan kishi sulton bo’lur.
Yurib borsa ham bo’lar.
Ham — oyog’i bilan.
Chopgan etagiga — o’ralib.
Ham — dumi bilan.
Asta yurib otdan o’zgan yaxshi.
Shoshmagan oyga chiqar.
Shoshgandan o’zib ketasan.
It o’yini — har yilda.
Dard og’irini — er.
Kishi uyida g’ashing bo’lmasin.
O’ttiz biriga ham chidar.
Pand yeding ham indama.
Beqanoat otini so’yar.
Yo’ldan adashma.
Quyrug’iga sir aytmas.
Sabr-qanoat va sabrsizlik haqida maqollar