Goʼshti yeyilmaydigan hayvonlar

Goʼshti yeyilmaydigan hayvonlar

Goʼshti yeyilmaydigan hayvonlar

DO`STLARGA ULASHING:

Аvvalo ushbu maslani umumiy qoidalar asosida tushunib olishimiz zarur. Mazkur qoidalar Qurʼoni karim va Sunnatda bayon qilingan boʼlib, ularni oʼzlashtirish unchalik qiyin emas. Umumiy qoidalarni quyidagicha tartiblashimiz mumkin:

polyfence 35 td 670x300 1

1-qoida: Qurʼoni karimda kelganlari. Ilohiy kitobda choʼchqa, Аllohdan boshqaga atab soʼyilgan jonliq, boʼgʼilib oʼlgan, urib oʼldirilgan, yiqilib oʼlgan, suzib oʼldirilgan, yirtqich hayvonlar hamlasi natijasida oʼlgan, but-sanamlarga atab soʼyilgan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam harom qilgan, inson tabiati jirkanadigan, shuningdek, ehromdalik payti soʼyilgan yoki oʼldirilgan jonzotlarning goʼshti harom qilingan.

2-qoida: Sunnatda kelganlari. Soʼyloq tishli yoki ov panjali hayvonlar, qargʼa, kalxat, ilon, sichqon, chayon, it, eshak va xachir.

3-qoida: Qurʼon yoki Sunnatda kelmagan hayvonlar yuqorida zikr qilingan umumiy qoidalarga ham tushmasa, muboh boʼladi.

Suv hayvonlaridan Hanafiy mazhabimizda faqatgina baliq turkumiga kiruvchilarigina halol sanaladi. Shunga koʼra, kit, akula, delfin kabi baliqlar haloldir.

Ushbu qoidalardan istisno tariqasida quyidagilarni aytish lozim:

Qurʼoni karimda majbur boʼlgan holatda, shuningdek, oʼrgatilgan ovchi itlar tutib oʼldirgan hayvonlarni yeyish mumkin deyilgan. Bunda harom qilingan hayvon goʼshtidan majburlikni ketkazadigan miqdorigina yeyiladi. Ov masalasida esa, ovchi tasmiya (Bismillahir Rohmanir Rohim)ni aytib, soʼng itini qoʼyib yuborishi kerak va oʼsha it ovchi oʼljasiga kelguniga qadar oʼzi tutgan hayvonni yeb qoʼymasligi yoki yeyishga harakat qilmagan boʼlishi kerak.

Shu oʼrinda aytish kerakki, it, tipratikon, ilon, toshbaqa va boshqa yeyish mumkin boʼlmagan hayvonlarni, modomiki, oʼlim xavfi yoʼq ekan, davo sifatida yoki boshqa maqsadda ham yeyish mumkin emas.

Toshkent islom instituti 4-kurs talabasi

Hoshimjon ERGАShEV

nasihat.uz/archives/1969

Goʼshti yeyilmaydigan hayvonlar