Psixologiyaga oid atama va izohli lug`atlar to`plami
Psixologiyaga oid atama va izohli lug`atlar to`plami
DO`STLARGA ULASHING:
Affekt (latincha affectus – ruhiy hayajonlanish, qiziqish) qisqa muddatda va shiddat bilan sodir bo’ladigan hissiy, hayajonli jarayon: hulq-atvor, hatti-harakat ustidan nazoratning susayishi tufayli ro’y beradigan kuchli his-tuyg`u (g`azablanish, qo’rqish, nafratlanish, shodlanish). Mutaxassislar normal va patologik affektlar borligini, shuningdek, affektiv reaksiyalarga ozroq yoki ko’proq moyil bo’ladigan shaxslar ham bo’lishini ta’kidlashadi. O’zida affektiv reaksiyaga nisbatan hislarga erk bermaslik insondagi normal psixik holat hisoblanadi. Affektlar ta’siriga beriluvchi kishilar odatda olomon orasida sarosimalik uyg`otishga moyil bo’ladilar.
Anglash – psixik mazmunni ongsizlikdan aktiv belgi shaqliga ko’chirishdan iboart psixik jarayoni bo’lib, bu mazmunni boshqa kishilarga yetkazib berish imkonini beradi. Anglamoq o’ziga xabar bermoq, o’z tajribasi hisiyoti, ehtiyoji, qiziqishi va b. to’g`risida o’ziga tushuntirish demakdir. Anglash demak nimadir to’g`risida o’z-o’ziga hisob berishdir. Sub’ektiv holda u yoki bu vaziyat, kechinma va boshqalarni aniq-ravshan va nazorat qilinadigan in’ikosidir.
Amaliy psixologiya – ijtimoiy amaliyotning turli sohalaridagi amaliy vazifalarni hal qilishda foydalaniladigan amaliy bilimlar va texnologiyalar majmuasidir. Amaliy psixologiyaning muhim xususiyati shundaki, u yoki bu vazifalar ularning manfaatlari uchun hal etilayotgan iste’molchi yoki buyurtmachini hamisha ko’rsatish mumkin.
Ahloq — ijtimoiy ong shaqllaridan biridir. Kishilarning tarixan tarkib topgan hulq – atvori, yurish – turish, ijtimoiy va shaxsiy xayotga o’zaro, shuningdek jamiyatga bo’lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi barqarormuayyan norma va qoidalar yig`indisi.
Attraksiya– (lotincha so’z – attrahere –yoqtirish, o’ziga jalb etish) – bu bir insonning boshqa bir insonga ijobiy munosabati asosida yoqishi va yoqtirish, o’zaro mobillikni tushuntiruvchi emotsional hisdir.
Aloqa– makon yo vaqtda bir – biridan muayyan masofada uzoqlikda joylashgan ikki yoki bir necha hodisa yo ob’ektning o’zaro bog`lanish hodisasi.
Anglash — psixik mazmunni ongsizlikdan aktiv belgi shaqliga ko’chirishdan iborat psixik jarayon bo’lib, bu mazmunni boshqa kishilarga yetkazib berish imkonini beradi. Anglamoq o’zicha xabar bermoq, o’z tajribasi xissiyoti, extiyoji, qiziqishi va boshqalar to’g`risida tushuntirish demakdir. Anglash demoq nimalar to’g`risida o’z – o’ziga xisob berishdir. Sub’ektiv xolda u yoki bk vaziyat, kechikma va boshqalarni ochiq – ravshan va nazorat qilinadigan inikosidir.
Agleratsiya – olomon
Bilish– olamning inson ongidagi in’ikos etish jarayoni . inson o’zini qamrab olgan atrof – muhit to’g`risida bilish va tasavvurga ega bo’lmay turib, faoliyatning biron bir turi bilan shug`ullana olmaydi. Bilishning maxsuli natijasi bilim bo’lib, har qanday kasbni egallash faqat bilim orqali ro’y beradi.
Guruhlarning tuzilishi – guruh qismlarining kichik guruhlarga nisbatan barqaror bo’linishi, guruhga kiruvchi kishilar o’rtasida guruh vazifalarining taqsim qilinishi.
Gallyutsinatsiyalar (lat. hallucinatio — alahsirash, ko’zga ko’rinish) insonda kasal paytidagi psixikasiga ta’sir etishi natijasida hosil bo’ladigan mavjud bo’lmagan, fantastik, xayoliy, uydirma obrazlar.
Guruh dinamikasi (grekcha dynamis – kuch) – bu guruhning o’z holatini o’zgartiradigan, rivojlantiradigan yoki buzadigan kuchlarning hamkorlikdagi jarayonidir. U asosan ikki xil yo’nalishdagi jarayonlarda ko’zga tashlanadi: guruh a’zolarining birlashuvi va aksincha, keskinlashuvi.
Guruh munosabatlari – a) guruh faoliyatining harakter iva mazmuni; b) guruhning umuman strukturadagi o’rni, qadriyatli birligi va b. harakteristikasi; v) guruh a’zolarining sotsial individ sifatidagi o’zaro shaxsiy munosabatlari; g) bu munosabatlarga jalb qilingan kishilarning individual pozitsiyalariga ko’ra guruhda uning a’zolari o’rtasida qaror topadigan munosabatlardir.
Guruh roli (o’rni) – guruh uchun bajaradigan vazifasiga ko’ra insonning shu guruhdagi barqaror, mustahkam holati (o’rni, pozitsiyasi).
Guruh – umumiy bo’lgan bir yoki bir necha belgilarga ko’ra birlashgan kishilar yig`indisidir.
Guruhning birdamligi — fikrlar birligi, e’tiqodlar, anhanalar birligida, shaxslararo munosabatlar, kayfiyatlarning ijobiy harakterida va guruh psixikasining boshqa belgilarida, shuningdek, hamkorlikdagi amaliy faoliyatning birligida namoyon bo’ladigan guruh a’zolari birligining psixologik harakteristikasidir.
Gipoteza– o’rganilayotgan hodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiradigan asosli tahmin tarzidagi bilim shakli.
Guruhda kuchlarning munosabati – bu guruhiy jarayonlarni hamda guruh a’zolarining hulq-atvorini nazorat qilish imkoniyatlarining guruh ob’ektlari o’rtasida taqsimlanishidir. Liderlik tushunchasida, guruh dinamikasi va sh.k. larda namoyon bo’ladi.
Geniy – bu yangiliklarni yaratuvchi va kashf qiluvchi shaxs.
Dunyo obrazi — insonga dunyoda harakatlana olish uchun mo’ljal bo’lib xizmat qiladigan olam to’g`risidagi, boshqa kishilar, o’zi va o’z faoliyati to’g`risidagi bir butun, yaxlit ko’p darajali tasavvurlari tizimidir. Bu sub’ektiv kechinmalar tilida yaratilgan tashqi dunyoning ichki modelidir. Ta’kidlash lozimki, bu olamni idrok qilish natijasida hosil bo’lgan, ichki rejaga noavtomatik tarzda ko’chirilgan obrazlar emas, balki hayotiy faollikning har biri keyingi momentidagi hodisalarni bashorat qila oladigan, chuqur anglanmagan taxminlar asosida aktiv qurilgan tizimdir. O’zini va tashqi olamni faol o’zlashtirish davomidagi tekshirish usullari bilan (sinov va xatolar) yaratiladi.
Diqqat – ongning muayyan ob’ektlar to’plami, jarayonlarga (tashqi yoki psixikaga bog`liq) tanlangan holda yo’naltirilishidir. Ba’zan nazorat va o’z-o’zini nazoratni ham diqqatga kiritishadi.
Dunyoqarash– tartibga solingan, aqliy ongli tizimga aylantirilgan bilim, taasvvurlar va g`oyalar majmui bo’lib, u shaxsni ma’lum bir qolipda, o’z shaxsiy qiyofasiga ega tarzda munosib o’rin egallashga chorlaydi.
Dil — jon, qalb, yurak, ko’ngil markaziy osiyo falsafiy tafakkurida ushbu tushunchalar deyarli bir xil ma’noda ifodalanib borliqning nomoddiy asosida hamda insonning tub mohiyatini ifodalash uchun xizmat qilib kelgan.
Deviant xulq – atvor – ijtimoiy deviantlikni kiritib chiqaruvchi
Xulq – atvor
Dadillik– kishining xayot va omonligi uchun omon bo’lgan kishilarni yengishda ko’rinadigan iroda kuchidir.
Do’stlik– o’zaro bir- birini tushunuvchi 2 inson o’rtasida yuzaga keluvchi emotsional ijobiy xisdirodatda bir jins vakillari orasida yuzaga keladi.
Jamiyat– tabiatning bir qismi, borliqning aloxida shaqlini ifodalaydigan falsafiy tushuncha odamlar uyushmasining maxsus shaqli kishilar o’rtasida amal qiladigan ko’plab munosabatlar majmuasidir.
Individ– odamzodning vakili, o’ziga xos takrorlanmas xususiyatlar egasi hisoblanish odam.
Innovatsiya– ijtimoiy amaliyotda sezilarli o’zgarishlar tug`diradigan turli xil yangiliklar yaratish va tadbiq etish.
Idrok – sub’ekt tomonidan uning ongiga nisbatan tashqi dunyodan ajratib olinadigan ba’zi butunlik va yaxlitliklarning bilish jarayoni va harakatlari davomida ongda aks ettirilishidir (bunga boshqa kishilar va inson o’z tanasini aks ettirish ham kiradi). Aytaylik, insonning o’z tanasining sog`ligi yoki nosog`lomligi to’g`risidagi ichki a’zolardan kelayotgan signal natijasida shaqllanadigan obrazni idrok etish ham, etmaslik ham mumkin. Ko’pincha esa idrok deganda tabiiy va sotsial dunyodagi predmetlarni in’ikos ettirish tushuniladi. Ob’ekt bo’lsa tashqi muhitda tayyor holda bo’ladi-yu, u insonga ta’sir qiladi va natijada u inson tomonidan avtomatik tarzda aks ettiriladi, anglanadi, desak, unchalik to’g`ri emas. Aksincha, inson tartibsiz holdagi kechinma va tasavvurlar orasidan ba’zi ob’ektlarni ajratib oladi va bu bilan go’yoki ushbu tartibsizliklarni tartibga keltiradi. Inson sezgi a’zolariga ta’sir qilish uchun biron narsa idrok etildi, anglandi deyishga hali erta. Predmet yoki predmet emas deb hisoblash insonning o’ziga bog`liq: kim uchundir tashqi muhitda musiqaviy ovoz va shovqinlar, ularda uyg`unlashmaganlik (dissonans) va uyg`unlik (konsonaj); kimgadir esa mashinaning ishlashidan darak beruvchi shovqin yoki hayvonlar tomonidan chiqarilayotgan ovozlar, kim uchundir suhbatdoshning nutqidagi mantiqiy urg`u berishlar, kimgadir turar joylarni muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz rejalashtirish va boshqalar. Kimlar uchundir esa, agar u bunday narsalarni bilmasa, ular go’yoki yo’qdek «zo’r berib eshitmaslik va ko’rmaslik» payida bo’ladi.
Iroda – insonning o’z psixikasi va hatti-harakatlarini ongli ravishda boshqara olishida namoyon bo’ladigan xususiyati (holati) dir. Iroda ongli tarzda o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishishi yo’lida ro’y beradigan to’siqlarni yengib o’tish davomida namoyon bo’ladi. Uni o’z-o’zini zo’rlab qiynash bilan tenglashtirmaslik kerak. Iroda hamma vaqt ham o’z-o’zini majburlash bilan bog`liq emas. Bu baribir o’z maqsadiga erishishishi yo’lida ishonch, kelishish, ayyorlik, o’rgatish, o’z xususiyatlaridan mohirona foydalanish (odatlar, standart reaksiyalar, zaifliklardan) bo’lishi mumkin.
Ijtimoiy norma – shaxs xaytida shunday kategoriyaki, u jamiyatning o’z a’zolarixulq – atvoriga nasbatan ishlab chiqqan va ko’pchilik tomonidan e’tirof etilgan harakatlar talabi.
Ijtimoiy sanksiya – normalarning shaxs xulqida nomoyon bo’lishni nazorat qiluvchi jazo va rag`batlantirish mexanizmi.
Iste’dod nishonalari – qobiliyatni o’stirishning tabiiy zaminlari (ularning biologik asosi). Ular tug`ma yoki egallangan bo’lishi mumkin. Ularni ro’yobga chiqmagan qobiliyatlardan ham farqlash lozim. Farq shundaki, iste’dod nishonalari inson xususiyatlari va fazilatlaridagi shunday biologik jihatlarki, ular keyinchalik u yoki bu qobiliyatga uning komponenti bo’lib qo’shiladi. Bir xil biologik jihat bir qancha qobiliyatlar tarkibiga kirishi mumkin va shunday tarkibda iste’dod nishonalari rolini bajara oladi.
Individuallik — insonning individ, faoliyat sub’ekti va shaxs sifatidagi betakror xususiyatlari tizimidir. Individuallikning mavjud bo’lishi insonning ta’lim, tarbiya, u bilan faol munosabatidagi individual yondashuvining asosi hisoblanadi. «Har bir kishigacha yetib borish» — bunday yondashuvning idealidir. Individuallikni inkor etish (nodonlik, ishonch yoki kam anglangan harakat tufayli, masalan, texnik yoki umumilmiy g`oyalarning oddiy formulalariga sig`inish oqbatida) zaruriy tarzda bir qator salbiy oqibatlarga olib keladi (shaxslararo va shaxslar ichidagi keskinlik, ixtirolar, ruhiy jarohatlar, nizolar ishtirok etganlarning asabiy holatlari va ta’lim, tarbiya, mehnatdagi past samaradorlik natijalari sifatida).
Intellekt, aql – inson hayoti davomida bilish faolligiga tegishli bo’lgan barqaror o’ziga xos va rivojlanib boruvchi xususiyatlar va sifatlar tizimi, uning ichki va tashqi hayotiy holatlar, jumladan, ijtimoiy muhitda ham oqilona mo’ljal ola bilishdir. Odatda sub’ektning faoliyat sohasiga bog`liq holda sotsial intellekt, texnik intellekt, gumanitar intellekt, verbal, ya’ni og`zaki, noverbal intellektlarni farqlashadi.
Ilmiy psixologiya – inson va hayvon psixikasi taraqqiyoti, paydo bo’lish va mavjud bo’lishi qonuniyatlarini aniqlashda foydalaniladigan texnologiya va murakkab tarmoqlangan belgilar tizimidir. Ilmiy psixologiyaning asosiy vazifasi – yangilikni aniqlash emas, balki bir tomondan ishonarli bilimlari egallash, boshqa tomondan esa, qaysi o’rinda ular ishonarli, qay holda esa yolg`on va noaniq ekanligini ayniqlashdan iboratdir.
Ijtimoiy ustanovka — shaxsning atrof muhitida sodir bo’layotgan ijtimoiy xodisalarni, ob’ektlarni, idtimoiy guruxlarga ma’lum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan munosabatlar o’rnatishga ruxiy ichki hozirlik sifatida odamlardagi dunyoqarashni ham o’zgartirishga aloqador kategoriya.
Inson– tushunchasiga aniq tarif berish uchun olamda mavjud bo’lgan boshqa biologik mavjudodlardag ajralib turuvchi eng muxim xususiyatlarni aniqlash zarur.
Insof– insonning muayyan jamiyatda amal qilayotgan axloq me’yorini nazorat qilish va axloqiy baholash.
Ideal– orzu intilishning oliy maqsadi. Tor ma’noda: shaxs qobiliyatlarini ifodalovchi namuna.
Illyuziya– tana azolarimizga bevosita ta’sir etib turgan narsa va hodisalarni noto’g`ri (noadekvat) idrok qilishdan iborat bilish jarayonining hodisasi.
Insayt– oydinlashuv. Muammoning yechimi, ba’zan birdan yorqin yo`lduzday yalt etib paydo bo’ladi. Bunday psixologik xolat psixologiyada insay – oydinlashuv deyiladi.
Ijtimoiylashuv– inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va xayot faoliyat jarayonida uni faol tarzdao’zashtirish jarayoni.
Image – obraz
Konformizm (lat. conformis – o’hshash, mos keladigan) – inson tomonidan o’zining haqligiga ichidan shubhalanmaydigan fikridan nosamimiy ravishda qaytish tufayli boshqalarning fikrlarini (ehtimol, noto’g`ri bo’lsa ham) tanqidsiz qabul qilish.
Kundalik ong — kishilarning bevosita kundalik tajribasiga asoslanadigan va ular mansub bo’lgan sotsial jamoalarda hukmronlik qiluvchi tasavvurlar, bilimlar, tushunchalar va harakatlarning yig`indisidir.
Kayfiyat – insonning psixik hayotida namoyon bo’ladigan, o’rtamiyona yoki zaif samaradorlikning nisbatan davomiy, barqaror, emotsional holati bo’lib, u yoki bu hissiyotning ustunligi bilan harakterlanadi.
Kichik guruh – umumiy ishni bajaradigan va bir-birlari bilan bevosita shaxsiy aloqada bo’lgan, 3 tadan 20-30 tagacha kishidan tarkib topgan, unchalik katta bo’lmagan kishilar to’plamidir. U guruh a’zolarining hamdard bo’lishi, «biz» ekanligini his etishi bilan bog`liq xususiyatlarga ega.
Liderlik – guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida hukmronlik va bo’ysunuvchanlik, hokimlik va qaramlik munosabatlaridir.
Malaka –faoliyatning avtomatlashtirilgan ko’nikmasi, mustahkam mahoratidir. Boshda ongni nazorat qilinadigan va bir me’yordagi harakat bo’lgan narsa har bir kishiga turmush tajribasiga ko’ra avtomatlashtirishi mumkin. Ko’nikmalar faqat oson payqash mumkin bo’lgan harakatchan bo’lmaydi, balki fikrlovchi, sotsial-kirishuvchan, tashkilotchi va boshqacha ham bo’ladi. Avtomatizmdan iborat bo’lgani holda ko’nikmalar ayni paytda ishda ijodning zaruriy sharti hisoblanadi (bunga tushunarli misol quyidagicha: shu sozanda o’z asbobida musiqa chalishning zarur texnikasi, ko’nikmasini hosil qilgunga qadar u ijodkor bo’la olmaydi, chunki u hali «musiqiy» asboblar klavishalarini, pozitsiyalar va b. ni chalkashtirib qo’yishdan qo’rqadi).
Muloqotdagi konstruktivlik – hamkorlarning aloqasi davomida ularning ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydigan, birgalikda hal qilinayotgan masalalarning ijobiy yechim topishiga yordam beradigan, ularning individual betakrorligini saqlab qoladigan muloqotdir. Muloqotdagi konstruktivlik (yaratuvchanlik) tushunchasi kishilarning muloqot davomida o’z salohiyatini o’stirish, shaxsiy o’sishi, sotsial yetuklikning shaqllanishi tomon harakatlanishi yo’nalishini ko’rsatadi.
Munosabatning o’zgarishi (deformatsiya) – bu munosabatlardagi shunday o’zgarishlarki (buzilish, qiyinchiliklar, yanglishishlar), ular munosabatdagi samaradorlikning pasayishi yoki buzilishiga, hamkorliklarning sog`lig`iga, ularning obro’siga yoki ruhiy osoyishtaligiga, moddiy qadriyatlariga va boshqalarga putur yetkazadi. O’zgarishlarni ularning turiga qarab turlicha tushunish mumkin: mas., mening ustimdan kulishayotgani uchun bizning begona ekanligimizni, bizning do’st emasligimiz, bir-birimizni tushuna olmasligimizni, meni mashara qilishayotganligi va ko’plab boshqa narsalarni anglay boshladim.
Mazmun– bevosita hissiy kechinmalar davomida yoki ongda aks etuvchi qandaydir ob’ekt o’rtasidagi munosabatni xira bo’lsada anglash va sub’ekt hohishlariga ko’ra paydo bo’ladigan psixik yaxlitlikdir. Bir narsa men uchun kerak, ehtiyoji bor, boshqasi esa – yuq, kerakmasligini e’tiborga olib, aytishadiki, «bu men uchun mazmunga ega» yoki «buning men uchun mazmuni yo’q» tashqaridan qaraganda bir narsa bo’lib tuyo`lgan yumush (o’ra qazish) yollangan yer qazuvchi uchun daromad qilish mazmuniga ega, arxeolog uchun qandaydir buyuk tarixiy muammoni yechish, tasodifiy yo’lovchi uchun esa piyodalar yo’lining buzilayotganligi unga qandaydir buzg`unchilik mazmuniga ega bo’lib tuyo`ladi.
Me’yor– ob’ektning sifat va miqdoriy jixatlari o’zaro bog`liqligini anglatadigan, mazmukn va shaql imkoniyat va voqeilik o’rtasidagi zaruriy uyg`unlik ta’minlanishini ifodalaydigan falsafiy tushuncha.
Moslik – kishilardan harakat qilish kelishuvini va yaxshi o’zaro bir-birini tushunishini talab qiladigan birgalikda ishlash, vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish qobiliyati.
Motivatsiya– inson hulq – atvori, uning bog`lanishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi.
Mentalitet– individ yoki ijtimoiy guruxning millatning o’ziga xos tafakkur tarzi, voqelikni ma’lum bir tarzda tushunishi va va birlikda harakat qilishga tayyorligi va moyilligi.
Motiv – shaxsdagi u yoki bu xulq – atvorga nisbatan turgan moyillik.
Mardlik – o’zini puxta bilish dadillik, qatiatlik, chidam va toqat paytlarida namoyon bo’ladigan kuchli iroda.
Nutq – ovoz berilgan til, u yoki bu til belgilarini anglatuvchi ovoz signallarining inson tomonidan qo’llaniladigan tizimidir.
Ong – hayvonlar psixikasidan farqli ravishda butun inson psixikasini ifodalashda foydalaniladigan termin. Inson psixikasi (ong) belgililik (ong «hujayrasi» belgilarning murakkab tizimini hosil qiladi), qurollilik (istagan ong birligi predmetlar dunyosini aks ettirish vositasi sifatida foydalaniladi), predmetlilik (tashqi dunyo elementlari bilan mutanosibligi va qat’iy uyushganlik (belgilar va qurollar tizimi ko’plab o’zaro mutanosib kategoriyalarni vujudga keltiradi) xususiyatlari bilan harakterlanadi.
Ongsizlik anglab bo’lmaydigan – aniq, ravshan anglash nazorati uchun predmet bo’la olmaydigan ko’plab psixik hodisalar to’plami. Ongda har bir daqiqada bir vaqtning o’zida cheklangan miqdordagi tasavvurlar bo’lishi mumkin (o’rtacha taxmin qilishlaricha 7+2). Bunda ushbu damdagi anglanmagan tasavvurlarni biz aniq ong zonasiga oson «chaqirishimiz» mumkin («hohlaganing uchun eslading»), lekin juda ko’plab psixik boshqarib turuvchilar (regulyatorlar) shunday ishlaydiki, bunda inson na faqat o’z-o’ziga hisob bermasligi mumkin, balki buni u hattoki hohlagan taqdirda ham uni qila olmaydi. Masalan, soatning aylana shaqldagi siferblatini idrok qilayotganda bizning ko’z qobig`imizda aylana emas, balki ellips (agar soatga yondan qarasak) hosil bo’lishi mumkin, biroq soat qanday holda tursa ham biz siferblatni «aylana» sifatida idrok qilamiz. Na faqat sub’ekt idroki tomonidan anglana olmaydigan, balki psixologiyada yangi shug`ullanayotgan kishi uchun ham tushunarsiz bo’lgan bu geometrik ma’nodagi hol psixika mexanizmlari tufayli ro’y beradi (qarang: doimiylik idrok xossasi sifatida) hissiyotlarning ba’zi qismlari («yaxshi», «madaniyatlilik» bilan sig`isha olmaydiganlarini) ongdan siqib chiqariladi, lekin Z.Freyd ta’limotiga ko’ra, ular hatti-harakatni sezilarli holda boshqarishda davom etaveradi va hattoki ichki ziddiyatlarga va asab kasallariklarini ham keltirib chiqaradi. Psixoanalizning (bu termin freydizm tomonidan mustahkam o’rnashib qolgan, shuning uchun har qanday psixika tahlilini (analizini) psixoanaliz deb atamaslik kerak) psixoterapevtik amaliyoti shunga asoslanganki, siqib chiqarilgan hissiyotlarni topib anglash predmetiga aylantirish lozim. Bu psixoanalitikdan juda katta va o’tkir mahoratni talab qiladi (o’zini shunday deb hisolaydiganning ko’pchiligi, afsuski, nafaqa bu borada malakasiz, balki manfaatparast hamdir).
Orzular – insonning kelajak to’g`risidagi, xayoliga kelgan va u uchun muhimroq ehtiyojlar va qiziqishlarni ro’yobga chiqarish borasidagi rejalaridir.
Optatsiya–(lotincha so’z – ortatio – xoxish, tanlov) tanlov bosqichi. Odam tomonidan professional taraqqiyotning bosqichi tanlanishidir deb e’tirof etiladi. 11-12 yoshlar, 14-18 yosh davrlarni o’z ichiga oladi.
Optimizm– kechayotgan voqea va xodisalar jarayoniga nisbatan bildirilgan ikki xil qarama – qarshi fikrlar yoki munosabatlarni yaxshilikka yo’yish.
Panelog– gurux ichidagi munozaradir.
Psixodiagnostika (grekcha psyche – ruh va diagnostikos – bilishga qodir) – psixologik fan sohasi bo’lib, shaxsning individual – psixik xususiyatlarini o’lchash va aniqlash usullarini ishlab chiqadi.
Psixoterapiya (grekcha therapeia – parvarish qilish, davolash) – ko’plab psixik, asabiy va psixosomatik xafagarchiliklarda inson hissiyoti, fikrlari, o’z-o’zini anglashiga kompleks davolovchi ta’sirdir (asosan nutq yordamida, biroq faqat uning yordamida emas). Shartli ravishda asosan mavjud alomatlarni yo’qotish yoki yumshatishga qaratilgan klinik maqsadli psixoterapiya va insonga uning sotsial muhiti va o’z shaxsiga nisbatan munosabatini o’zgartirishga yordam berishni vazifa qilib olgan shaxsiy maqsadli psixoterapiya mavjudligi e’tirof qilinadi.
Psixo analiz – ruhiy xastalikni davolash usuli va psixologik ta’limot.
Psixotexnika (grekcha techne – san’at, mahorat) – psixik jarayonlarni sodir bo’lish harakteristikasini yaxshilash, mavjud psixik qobiliyatlarni o’stirish va yangilarini shaqllantirishda qo’llaniladigan konkret metodik usullar yoki usullar tizimidir.
Predikatlar mantig`i – muhokama yuritish jarayonlarining muloxazalarning ichki strukturasidan kelib chiqib tahlil qiladigan mantiqiy sistema. U muloxg`azalar mantig`ini o’z ichiga oladi. Predikatlar mantig`i tili muloxazalar mantig`i tiliga qo’shimcha simvollar kiritish yordamida hosil qilinadi.
Reproduktiv – fikrlashni bir turi.
Referent guruh (lot. referens – xabar beruvchi) – kishi uchun e’tiborli bo’lgan, qadriyatlari, fikrlash hulq-atvor, normalari va qoidalarini so’zsiz tan
oluvchi va ularni o’zi uchun qabul qiluvchi kishilar guruhidir.
Refleksiya– aynan o’ziga o’xshash odamlar obrazi orqali o’zi to’g`risidagi obrazni shaqllantirish, jonlantirish.
Rol– shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, uning konkret hayotiy vaziyatidagi huquq va burchlaridan iborat.
Sezgi– qo’zg`atuvchilarning idrok a’zolari retseptorlaritga ta’siri tufayli vujudga keladigan, ob’ektiv dunyo xossalarining sub’ektiv in’ikosidir.
Sotsial individ – barcha kishilar uchun umumiy bo’lgan, belgilar, qurollar bilan ishlashda bog`liq bo’lgan maxsus insoniy tavsiflarni aks ettirish, jamiyatda qabul qilingan norma va qoidalarni hisobga olish, sotsial vazifalarni bajarishdir. Gap shaxsiy yoki individual jihatlar to’g`risida ketayotgani yo’q.
Sotsial muhit – insonning aniq maqsadlar rejalar asosida faoliyat ko’rsatadigan dunyosi.
Sevgi– bu nafaqat hissiyot, balki boshqalarni seva olish qobiliyati va sevilish uning asosiy mezoni – «insoniy fazilatlar” hisoblanadi.
Simpatiya – o’zaro yoqtirib qolish, bu sevgining ilk bosqichi hisoblanadi. Bunda asosan sevgi ob’ektning tashqi jozibasi rol o’ynaydi.
Talant(grekcha talanron – dastlab o’lchov, mezon, keyin esa ko’chma ma’noda – qobiliyatlar darajasi) – inson qobiliyatlarining, eng avvalo u yoki bu turdagi faoliyatda ulkan yutuqlarga erishishini ta’minlovchi maxsus yuksak rivojlanish darajasi.
Tashabbuskorlik– harakterning qimmatli xislati bo’lib, bu xislat ko’pchilik kishilarda ommaviy tus olgandir.
Temperament (lot. temreramentum – qismlarning tegishli muvofiqligi, mutanosibligi) – inson hulq-atvori va psixik jarayonlarining dinamik harakteristikasi bo’lib, ularning tezligi, o’zgaruvchanligi, samaradorligi, ishchanligi va boshqalarda namoyon bo’ladi.
Tafakkur – turli masalalarni (nazariy va amaliy) yechishga qaratilgan va bu yumushni ado etishni (javob topishni) ta’minlaydigan ko’plab psixik jarayonlar, harakatlar, holatlardir. Tafakkurni funksional tizim sifatida jalb qilish qisman ongli, qisman odatlar, malakalar va asab tizimi tomonidan yuzaga keltirilgan insonning ilgarigi taraqqiyoti, tarbiyasi, o’z-o’zini shaqllantirishdan iborat beixtiyor harakatlari tufayli amalga oshiriladi.
Til – inson aloqalari, tafakkuri uchun axborotni asrash va avloddan avlodga yetkazib berish vositasi bo’lib xizmat qiladigan belgilar tizimidir.
Unutish – eslash va yod bo’lib qolgan yoki o’zlashtirilgan materialni qayta xotirlash imkoniyatining asta-sekin so’nib borishini aks ettiruvchi jarayondir.
Fantaziya— hayolning borliqdan, haqtqatdan biroz uzoqlashuv jarayonidir.
Fizionomika– odam yuz qirralari va ularning nisbati orqali odamning xususiyatlarini o’rganish.
Faoliyat – insonning voqeilikni, o’zini o’zi ijodiy o’zgartirish, takomillashtirish, mukammallashtirishga yo’naltirilgan faolligi. Psixologik jihatdan ichki ehtiyojni qondirish deya talqin etiladi.
Xarakter (grekcha charakter – bosish, zarb qilish) – insonning faoliyati va munosabati tufayli shaqllanadigan va namoyon bo’ladigan barqaror individual xususiyatlari yig`indisi bo’lib, unga xos bo’lgan hulq-atvor va hayotiy holatlarga javob berish usullarini belgilaydi. Xarakterda inson uchun xos bo’lgan, standart vaziyatlarda qo’llaniladigan, hayotiy vazifalarni qo’yish va yechish usullari o’z ifodasini topadi.
His-tuyg`u – insonning nisbatan barqarorligi, umumiyligi, uning shaxs sifatidagi taraqqiyoti davomida shaqllangan ehtiyojlari va (xususan) qadriyatlariga mosligi bilan farq qiladigan yuksak o’zaro madaniy bog`langan hissiyotlaridir.
Hayajonlanish – (lot. emoveo – hayratga solmoq,hayajonga solamoq) – psixik hodisalarning alohida toifasi bo’lib, sub’ekt tomonidan bu hodisalar, predmetlar va vaziyatlar insonning o’z ehtiyojlarini qondirish uchun bevosita qiziqqon kechinmalari ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Xayol – insonning sub’ekt sifatidagi ongidan butun holda idrok qilinmagan yoki sezgi a’zolari yordamida idrok etila olmaydigan ob’ektlarning in’ikosining (tasavvurlar, sxemalar va boshqa obraz-modellarning) yoki jo’rttaga paydo bo’lishiga yoxud ataylab qurilishiga olib keluvchi bilish faolligidir. (mas., kelajakni mo’ljallagan tarix hodisalari idrok etila olmaydigan yoki umuman mavjud bo’lmagan dunyoning voqealari – miflar va ertaqlardagi hayri-tabiiy personajlar va b.)
Hayotiy ma’nolar – bu inson uchun uning borliq bilan befarq bo’lmagan shunday aloqalari majmuasiki, ularda insonning uni o’rab olgan voqeilikdan ob’ektiv bog`liqligi sifatida ham, uning ehtiyojlari va intilishlari ko’rinishida ham o’z aksini topadi. Biz kundalik hayotimiz davomida hattoki, ko’p hollarda o’zimizning turmush psixologi ekanligimizni ham unutgan holda ulardan juda ko’p foydalanamiz. Bu o’rinda «turmush» so’zidan tashqari «kundalik psixologiya» yoki «odatiy psixologiya» deyish ham mumkin. Turmush (odatiy) psixologiyasi kundalik ong tarkibiga kiradi.
Xotira – insonning o’tmishi tajribasini eslab qolish, fikriy tashkil qilish, saqlash va qayta eslashga yo’naltirilgan ko’plab psixik jarayonlari, hatti-harakatlari, holatlaridir.
Hatti-harakat – insonning axloqiy o’z-o’zini ko’rsatish momenti bo’lib, bunda u boshqa kishiga nisbatan munosabati, o’z-o’ziga, guruh yoki jamiyatga, umuman tabiatga nisbatan shaxs sifatida o’zini namoyon qiladi. Hatti-harakat faoliyat yoki faoliyatsizlik; so’zlarda bildirilgan pozitsiya; imo-ishora ko’rinishida, qarash, nutq ohangi, matnning ma’nosi shaqlidagi biron narsaga nisbatan munosabatda jismoniy to’siqlarni yengib o’tish va haqiqatni izlash tomon yo’naltirilgan harakatda kabilarda ifodalanadi. Hatti-harakat – sotsial hulq-atvorning asosiy birligidir, uning hamisha guvohlari bo’ladi: o’zining sotsial ifodasini topmagan ichki yechimi hali hatti-harakat bo’la olmaydi. Shuning uchun hatti-harakat orqaga qaytmas harakterga ega, uni «qayta o’ynab» bo’lmaydi – aynan shu yerdan sodir etilgan hatti-harakat uchun shaxsiy javobgarlik vujudga keladi. Hatti-harakatda inson shaxs sifatidagina namoyon bo’lib qolmasdan, balki ushbu sifatda shaqllanadi ham.
Qayta hosil qilish – kuzatish mumkin bo’lgan u yoki bu belgilar shaqlidagi faollashgan mazmunning qayta tiklanishi va qayta qurilishidan iborat bo’lgan aqliy hodisadir.
O’ylar – insonning hayotidagi kelajak hayot manzaralarini aks ettiradigan shirin tasavvurlari, fantaziya va orzu-niyatlaridir.
Shaxsiy kontakt – o’zaro hamkorlarni yagona sotsial butunlikka (ikki, uch yoki ko’proq kishilardan iborat) birlashuv darajasini anglatuvchi shaxsiy munosabat tavsifidir.
Shaxs erkinligi – insonlarning o’z xayoti va faoliyatini amalga oshirish, ozod shaxs sifatida mehnat qilish, bilim olish, o’zi istagan kasb, hunarli, diniy e’tiqod va boshqalar ixtiyoriy tanlash.
Shaxs – inson aktivligiga xos psixik boshqaruvchilarning maxsus insoniy tizimi, psixikadagi shunday barqaror funksional tizimki, uning yordamida inson o’zi istiqomat qiladigan muhitda tashabbuskor, maqsad sari intiluvchan bo’libgina qolmasdan, balki yaxshilashga ham qodir bo’ladi. Inson shaxs sifatidagi fazilatlarni egallaganligining asosiy belgisi uning turli hatti-harakatlarni sodir qila olish qobiliyati, ya’ni bir-birini inkor etuvchi imkoniyatlarni tanlash, o’z hayoti hamda o’zgalar hayoti bilan ham bog`liq bo’lgan ko’plab muhim momentlarni sarhisob qila olishi, o’z hatti-harakatlari uchun ma’suliyatni o’z zimmasiga ola bilishi kabilardir.
Shaxsiy aloqadorlik – bu bog`liqlikning dinamik jihati bo’lib, hamkorlar o’rtasidagi maqsadga erishishda qo’llaniladigan vositalarni kelishi, ulardan har birining qo’llaydigan strategiyasini koordinatsiya qilishni ta’minlaydi. Aloqadorlik bog`liqlikni ishtirokchilar manfaatiga moslashtirishning tez moslashuvchan mexanizmidan iborat. U kelishuv o’zaro hamkorlik yoki kurashga, har bir tomonning o’z maqsadiga erishishi uchun undashi, muammo va vazifalarni o’zicha tasavvur qilishi, ularni hal qilishning o’z usul va vositalaridan iborat bo’lishi mumkin.
Shaxsiy munosabat – bu hamkorlikdagi faoliyatning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladigan va o’zaro aloqadorlikdagi strategiyalar kelishuvini kontaktlar o’rnatilishi va rivojlantirilishining murakkab va serqirra jarayoni, ular o’rtasidagi munosabatlarning o’rnatilishi va saqlab turilishidir. Kontakt, o’zaro aloqadorlik, munosabatlar, kommunikatsiya va idrok shaxsiy munosabatning komponentlari hisoblanadi.
Shaxsiy aloqalar – bu muayyan vaqt ichida ikki yoki undan ortiq kishilar o’rtasida qaror topadigan barqaror munosabatlardir. Dastlab o’zaro aloqadorlik ko’rinishida paydo bo’lib, keyin tez takrorlanishi tufayli u barqaror munosabatlarga aylanadi. Munosabatlarga misol: dushmanlik, musobaqa, muhabbat, do’stlik, ishbilarmonlik munosabatlari. «Jabrdiyda-agressor», «xotinboz – farqiga yetadigan xonim», «injiq boshliq – sustkash ijrochi» va boshqa shunga o’hshash qaror topgan munosabatlar ishtirokchilar ularni o’zgartirgunga qadar noaniq muddat davomida mavjud bo’lib turadi.
Ehtiyojlar – inson yoki hayvonning normal yashashi uchun zarur bo’lgan yetishmovchilikni aks ettiruvchi psixik yoki fiziologik keskinlik holatidir. Ehtiyojlar holat sifatida sub’ektning hayotiy faolligining shu ma’noda manbai hisoblanadiki, yuz bergan keskinlikni yo’qotishga qaartilgan sezilarli ta’sir kuchiga ega.
Qobiliyatlar – u yoki bu sermahsul faoliyatni egallash mahorati bilan bog`liq bo’ladigan insonning individual – psixologik xususiyatlari bo’lib, uning yordamida inson teng bo’lgan boshqa sharoitlarda ushbu faoliyatni tez va puxta, oson va mustahkam ravishda tashkil qilish va amalga oshirish yo’llarini o’zlashtirib oladi.
E’tiqod– shaxning shunday ongli yo’nalishki, unga o’y-qarashlari, prinslari va dunyoqarashga mos tarzda yashashga imkon beradi, e’tiqodning predmeti tarlicha bo’ladi. Vatanga, dinga, fanga, kasbga, axloqiy normalarga, oilaga, go’zallika va shunga o’xshash.
Extiros – uzoq vaqt davom etadigan va barqaror bo’lgan ematsional holat.
Qattiyat— ba’zi hollarda kishi qabul qiladigan qarshiliklar amalga oshirishda imkoniyatlarga ishongan xolda juda tez ma’lum bir qarorga kelish.
Psixologiyaga oid atama va izohli lug`atlar to`plami