Duduqlanish
DO`STLARGA ULASHING:
Assalom alaykum.men 20-yoshdaman 7-yoshimdan boshlab duduqlanib gapiraman.buni yuqotish uchun qanday maslahat berasiz
Duduqlanish turlari va davolash usullari
Duduqlanish bu nutq apparati muskullarining tortishishi natijasida nutqning sur’at ohangining buzilishidir.Duduqlanish sabablari hozirgi vaqtda 2 guruhga bo‘linadi: moyillik sababi va keltirib chiqaruvchi sabablardir.
Mundarija [Yopish]
- Moyillik sababiga quyidagilar kiradi
- Nutq akti jarayonidagi muskul tortishish 3 xil bo‘ladi
- Duduqlanish uchta darajaga ajraladi
- Duduqlanish davom etishiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi
- Psixoterapevtik ta’sirlar
- Didaktik usullar
Moyillik sababiga quyidagilar kiradi
- Ota-onalarning nevropatik kasallanishi.
- duduqlanuvchining o‘zidagi nevropatik xususiyatlar.
- nasliy buzilish.
- bosh miyaning turli davrlardagi rivojlanishida, ko‘plab salbiy omillar ta’sirida shikastlanishi.
Keltirib chiqaruvchi sabablar guruhida anatomik-fiziologik ruhiy va sotsial sabablarni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin.
- Anatomik-fiziologik sabablar: ensefamitik oqibatlari bo‘lgan jismoniy kasalliklar, jarohatlar, miyaning organik buzilishi, zaharlanishi va markaziy nutq apparatini zaiflashtiruvchi boshqa kasalliklar natijasida nerv sistemasining tamoman izdan chiqishi yoki o‘ta charchashi, qizamiq, terlama, gijjalar, burun, halqum, hiqqildoq kasalliklari, dislaliya, dizartriyaning va nutq to‘liq rivojlanmaganligi hollaridagi tovush talaffuzi apparatining mukammal rivojlanmaganligi.
- Ruhiy va sotsial sabablar: qisqa muddatli bir lahzalik ruhiy shikast, uzoq vaqt ta’sir ko‘rsatadigan ruhiy shikast, surunkali ziddiyatli kechinmalar, ruhiy zo‘riqish yoki hal etilmagan, umumiy g‘ov bo‘luvchi ziddiyatli vaziyatlar ko‘rinishidagi uzoq muddatli salbiy hissiyotlar, ruhan juda og‘ir ezilish, o‘tkir samarasiz ta’sirni keltirib chiqaradigan kuchli, bexosdan paydo bo‘ladigan iztiroblar, vahimalik va o‘ta shodlanish holati, nutqning bolalikda noto‘g‘ri shakllanishi, kichik yoshdagi bolani haddan ortiq nutq materiallari bilan tanishtirish, zo‘riqtirish, poliglossiya, erta yoshda birdaniga qandaydir turli xil tillarni bilish odatda qandaydir bir tildagi duduqlanishni keltirib chiqaradi. Duduqlanuvchilarga taqlid qilish, bunday ruhiy induksiya ikkita shaklga ajraladi: sust-bola duduqlanadigan kishining nutqini tinglab beixtiyor duduqlana boshlaydi, u faol duduq kishiga taqlid qiladi, chapaqaylikdan o‘naqaylikka o‘rgatish.
Doimo eslatish, tartibga chaqirish bolaning oliy nerv faoliyatini izdan chiqarish va duduqlanishni keltirib chiqarish bilan birga nevratik va psixopatik holatlarga olib kelishi mumkin; o‘qituvchiining bolaga noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishi, haddan ortiq qattiqqo‘llik, shafqatsizlik duduqlanishning yuzaga kelishi uchun turtki bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Buyrak-tosh kasalligi: sabablari, belgilar, davolash usuli
Hozirgi davrda duduqlanishning alomatlarini bir-biriga o‘zaro yaqin bo‘lgan ikkita guruhi ajratiladi:
- biologik (fiziologik)
- sotsial (psixologik)
Fiziologik alomatlariga ko‘ra nutqning hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi a’zolarining tortishishi, markaziy nerv sistemasi va jismoniy salomatligining, umumiy va nutq harakatlarining buzilishi kiradi.Psixik alomatlarga nutqda tutulish va his-hayajonli nutqning boshqa buzilishlari nutqda qayd qilish fenomeni, logofobiyalar, nayrang ishlatish va boshqa ruhiy jihatlar kiradi.Nutq akti jarayonidagi muskul tortishish 3 xil bo‘ladi
Duduqlanish tutib qolishining beqaror tezligini o‘rganish to‘g‘ri nutqning saqlanib qolgan nutq faoliyatidagi va nutq vaziyatidagi turli darajali murakkabliklariga bog‘liq ravishdagi ko‘rsatkichlarini belgilash to‘g‘risidagi tushunchalarni asoslash uchun imkoniyat yaratadi.Saqlangan nutq darajasini aniqlash logopedik ishning har bir bosqichidagi asosiy tuzatish vazifalari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Duduqlanishning paydo bo‘lishiga shuningdek umumiy va nutq motorikasining turlicha buzilishlari xosdir. Ular zo‘raki va ixtiyoriy tutib qolish tarzida bo‘lishi mumkin. Duduqlanuvchilar o‘zlarining qiyin nutqini niqoblash yoki yengillashtirish maqsadida bunday harakatlardan foydalanadilar. Duduqlanishning sotsial asosi shunday psixik asoski, uning asosida « nutqning zaiflashuvini idrok etish» paydo bo‘ladi. O‘zining noto‘kisligini his etish nevrotik kasallikning rivojlanishida asosiy omillardan biri hisoblanadi.Xastalangan kishi o‘zining kasallik alomatlariga qanchalik ko‘p e’tibor bersa, u shunchalik zo‘rayib boraveradi. Natijada shunday og‘ir ahvol paydo bo‘ladiki, bemor undan sira qutula olmaydi, kasallik alomati uning e’tiborini chulg‘ab oladi, buning oqibatida alomatlar yanada rivojlanadi va bemorning e’tiborini o‘ziga qaratadi. Duduqlanish muammolari bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar nuqsonga e’tiborni jalb etish tushunchasi borasida turlicha qarashlarni keltiradilar: diqqat e’tiborning alohida xususiyati, nuqsonni idrok etish, u haqida tasavvurga ega bo‘lish, unga nisbatan turlicha xissiyotli munosabatda bo‘lish kabilar.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Shamollash
Nuqsonda qayd qilinadigan turli darajalarning haqiqiy murakkabligini ifodalovchi me’yorlarni topish muhimdir. Bunday me’yor sifatida duduqlanuvchining o‘z nuqsoniga nisbatan his-hayajonli munosabati borasidagi 3 ta variantdan va ularga qarshi irodaviy kuch-g‘ayrat sarflashning 3 ta variantidan foydalanish mumkin. Shular munosabati bilan duduqlanadigan kishilarni uch guruhga ajratish uchun «kasallikka diqqatni jalb qilish» atamasining kiritilishi o‘rinlidir.
- Kasallikka diqqatni jalb qilishning nolinchi darajasi: bolalar go‘yo o‘z nuqsonini sezmagandek, u haqida o‘ylamaydilar va tashvishlanmaydilar. Tortinish, o‘zining noto‘g‘ri nutqi xususida o‘ylash, nuqsonni bartaraf etish uchun hech qanday urinishlar bo‘lmaydi.
- Kasallikka diqqatni jalb qilishning mo‘tadil darajasi: yuqori sinf o‘quvchilari va o‘smirlar o‘z nuqsonidan tashvishlanadilar, undan uyaladilar, duduqlanishni yashiradilar, turlicha hiyla ishlatishgacha boradilar, atrofdagilar bilan kamroq munosabatda bo‘lishga urinadilar. Ular o‘zlarinig duduqlanishlarini biladilar, uning ketidan qator noqulayliklarni boshdan kechiradilar, o‘z kamchiligini niqoblashga urinadilar.
- Kasallikka diqqatni jalb qilishning yaqqol ifodalangan darajasi: duduqlanuvchilarda nuqson borasidagi tashvishlanish o‘zining noto‘kisligini doimiy chuqur his etishga aylanadi, bunda har bir harakat nutqiy noto‘kislik tushunchasi orqali tahlil etiladi. Ular o‘z diqqatlarini nutqiy kamchiliklariga yo‘naltiradilar, duduqlanishdan chuqur tashvish chekadilar, ular uchun kasallikka e’tibor berish, kasallikdan shubhalanish, gapirishdan oldin vahimaga tushish, odamlardan, vaziyatlardan va boshqalardan gumonsirash xosdir.
Duduqlanish uchta darajaga ajraladi
- Yengil duduqlanish – kishi asabiylashgan holatida yoki tez gapirayotganida duduqlanad.
- O‘rtacha duduqlanish- kishi tinch, odatdagi vaziyatda oson gapiradi, kam duduqlanadi, his-hayajonli damlarda kuchli duduqlanish yuz beradi.
- Og‘ir duduqlanish – kishi butun nutqi davomida, doimiy chalg‘ituvchi harakatlar qilishi bilan duduqlanadi.
Duduqlanish davom etishiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi
- Doimiy – duduqlanish paydo bo‘lgach turli nutq shakllari va vaziyatlarida bevosita namoyon bo‘ladi.
- To‘lqinsimon duduqlanish- duduqlanish goh kamayadi, goh kuchayadi, lekin butunlay yo‘qolmaydi.
- Qaytalanuvchi – duduqlanish yo‘qolib, yana paydo bo‘ladi, ya’ni qaytalanish yuzaga keladi, uzoq muddatli erkin tutulishsiz nutqdan so‘ng qayta paydo bo‘ladi.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Duduqlanish — asab kasalligimi?!
Birinchi holatda bu davolash tadbirlari, ikkinchisida pedagogik tadbirlar va uchinchisida duduqlanuvchiga davolash va pedagogik jarayonlarning turli holatda qo‘shib olib borgan holda ta’sir etish.Duduqlanishni bartaraf etishning terapevtik vositalari turlicha darajalari va shakllarida qadimdan boshlab barcha davrlarda qo‘llanib kelingan.Duduqlanishni davolashning jarrohlik metodi eramizning I asridan XIX asr o‘rtalariga qadar to uning besamaraliligi va xavfliligi haqidagi fikrlar tasdiqlanguncha qo‘llangan.Psixoterapevtik ta’sirlarDuduqlanishga nevrotik zaiflashuvi sifatidagi qarashlarni paydo bo‘lishi bilan ayrim mualliflar uni psixoterapevtik ta’sir orqali bartaraf qilishga birinchi darajali ahamiyat bera boshladilar.Didaktik usullarDuduqlanuvchilarda to‘g‘ri nutqni didaktik usulda tarbiyalash tarafdorlari ham nutqning ayrim elementlarini, ham umuman nutqni qamrab oluvchi turli xil va sekin-asta murakkablashadigan nutqiy mashg‘ulotlar sistemasini tavsiya etishdi.Duduqlanishni bartaraf etishga zamonaviy atroflicha yondashuv deganda duduqlanuvchi ruhiy jismoniy holatining turlicha tomonlariga turli mutaxassislarning har xil vosita va usullari bilan pedagogik davolash orqali davolash, ta’sir etish tushuniladi. Barcha pedagogik davolash majmuini duduqlanuvchilarga ta’sir etish xususiyatiga qarab shartli ravishda ikkita guruhga ajratish mumkin: davolash- sog‘lomlashtirish va pedagogik tuzatish.Tibbiyotchi olib boradigan davolash- sog‘lomlashtirish ishlari quyidagi asosiy vazifalarni o‘z ichiga oladi: duduqlanuvchining asab sistemasi va jismoniy holatini mustahkamlash hamda sog‘lomlashtirish, ularning ruhiy-jismoniy holatidagi og‘ish va patologik ko‘rinishlarni bartaraf etish va davolash.Logoped olib boradigan pedagogik tuzatish ishlar quyidagi asosiy vazifalarni o‘zida mujassamlashtiradi, duduqlanuvchi nutqidagi nuqsonlar va ruhiy noto‘kis jihatlarini bartaraf etish. Logoped o‘z uslubi va vositalarini duduqlanuvchiga ta’sir etishda qo‘llay biladigan zarur mutaxassislarning hamkorlikdagi tibbiy-pedagogik ishini tashkil etadi.
Duduqlanish
Related Posts