Ozmoqchimisiz?!
DO`STLARGA ULASHING:
Ko‘pchilik qizlarimizni bayramga qanday kiyinish, sochni qanday turmaklash kabi muammolar qiynayotgani tayin, to‘ladan kelgan qizlarimiz esa ozish payiga tushib qolgan. Biz ana shunday maqsadda qinalayotgan qizlarimizga ko‘maklashmoqchimiz. Quyida berilgan maslahatlar, sizlarga ozishingizda ko‘maklashishiga ishonamiz. Go‘zallik sari olg‘a!
Maslahatlar:
-
- Albatta nonushta qiling! Bu qoida sizning qondagi shakar miqdorini meyorida bo‘lishi ta’minlaydi, kun davomida tetik yurishingizni, ha deb narsa yeyishni hohlamasligingizni ta’minlaydi.
-
- Har 3 soatda oz ozdan yeng. Bu kun davomida ochlikni his qilmaslligingizda ko‘maklashadi. Qon aylanishi yaxshilanadi.
-
- Model tarelkada ovqatlaning. Ushbu prinsipga odatlaning. Bunday tarelkada ovqatlanish organizmga kerakli vitaminlarni yetkazib berishda ko‘maklashadi. Oqsil, uglevod va vitaminlar bir tarelkada mujassam bo‘lgan bo‘ladi
-
- Uyqudan 3-4 soat oldin ovqatlaning, to‘q qoringa uxlamang. «Yaxshisi, dushmaningga kechki ovqatingni ber, yog‘ bosib, semirib tezroq olamdan ko‘z yumadi», deyilgan maqol bor, siz ham shu maqolga riyoa qilgan holda yog‘li, go‘shtli, kaloriyaga boy kechki ovqatningni dushmaningiga beringda, o‘zingiz bir bo‘lak tovuq yoki baliq go‘shti va biroz sabzavootlar bilan ovqatlaning. Manabu qomatingiz go‘zal bo‘lishida haqiqatanda ko‘maklashadi.
-
- Yetarli miqdorda suv ichib turing. Qish mavsumida tanangizdagi suyuqlikni issiq ko‘k choy, mevalardan tayyorlangan sok va kompotlar bilan to‘ldirishingiz mumkin.
Ozmoqchimisiz?!
Related Posts