Gijjalar haqida

Gijjalar haqida

Gijjalar haqida

Mundarija скрыть
Gijjalar haqida
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Gijjalar haqida nimalar bilasiz?
Gelmintlar odamning nafas olish ovqat hazm qilish, mushak tizimida, jigar, taloq, qon, miya, ko‘z va boshqa organlarida parazitlik qiladi. Gijjalar ichakning shilliq qavatiga yopishib olib, uni jaroxatlaydi. Oqibatda ichak devorlarida yara paydo qiladi va qon ketishiga sabab bo‘ladi. Ichakda yashovchi gijjalar asosan ichakdan tunda chiqadi va orqa chiqaruv teshigi atrofida juda ko‘p tuxum qo‘yadi.
gijjalar
Kasal odamda axlatda gijja tuxumi ajralib turadi. Bir kunda bir juft erkak va urg‘ochi gijja 220 mingtagacha tuxum qo‘yadi. Axlat bilan yerga tushgan gijja tuxumlari tuproqda tez rivojlanadi. Shuning uchun ham go‘shtlar, sabzavot, meva va oshko‘klarni qo‘lni yaxshi yuvmasdan iste’mol qilish mumkin emas, ovqatlanish natijasida gijja kasalliklari qayta yuqadi. Bu kasallikda odamning vazni hamisha kamayadi, unda lanjlik, jirtakilik paydo bo‘ladi, bosh aylanadi. Gijja ichakda bo‘lsa, ich qotadi yoki ichi ketadi, ko‘ngil ayniydi, ba’zan bemor qayt kiladi, jigarda bo‘lsa, ko‘z oqi va badan sarg‘ayadi, shish paydo bo‘ladi. O‘pkada bo‘lsa, yo‘tal tutadi, mehnat qobiliyati pasayadi, bola yaxshi o‘smaydi, xotirasi susayadi va hokazo.
Shifokorlarning kuzatishlaricha, yosh bolalar injiq, parishonxotir bo‘lib qolishi mumkin, maktab yoshidagi bolalarning esa jismoniy va aqliy rivojlanishi, xotirasi susayib, o‘zlashtirish qobiliyati pasayib qoladi, kattalarda mehnat qobiliyati buziladi.

Mundarija [Yopish]

  • Ostritsa
  • Qilbosh gijja
  • Qoramol solityori
  • Serbar gijja
  • Kalta gijja
  • Exinokokk
  • So‘ruvchi sibir qurti
  • Gijjalar. Foydali tavsiyalar
Ostritsa
Ostritsa qurtlari odamga chang bilan og‘iz va burunga tushgan gijja tuxumlari yutib yuborilganda yukadi. Ostritsalar orqa chiqaruv teshigidan o‘rmalab chiqib, uning atrofiga tuxum qo‘yadi va orqa chiqaruv teshigining kichishib tirnalishiga sabab bo‘ladi. Bemorning ba’zan tez-tez ichi ketib, axlati bo‘tqasimon bo‘ladi, uyqusi qochib, tajang, parishonxotir bo‘lib qoladi.
Qilbosh gijja
Qilbosh gijjalar uzunligi 30-35 mm.li ingichka chuvalchanglardir, ular ko‘richak va yo‘g‘on ichakda yashaydi. Bular askaridalarga o‘xshab yuqadi. Bemorning umuman darmoni qurib, qorni og‘riydi, ko‘pincha boshi og‘rib aylanadi, uyqusi notinch bo‘lib qoladi. Kasallik vaqtida bemorning ko‘zqovoqlari shishib, isitmasi chiqadi, mushaklari og‘riydi, uyqu qochadi yoki kishini mudroq bosaveradi.
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Bolada gijja borligining alomatlari qanday?
Qoramol solityori
Qoramol solityori bo‘yi 4-10 m.gacha, odamga gijja lichinkalari bo‘lgan mol go‘shtidan va ko‘pincha uy bekalari xom qiyma tuzini totib ko‘rayotganda yuqadi. Kasallanganda kishi ko‘pincha ozadi, ko‘ngli aynib, qayt qiladi, ishtahasi pasayib, ichi ravon yurmaydi, o‘zi tajanglashib, boshi aylanadi, uyqusi qochadi. Bolalar yaxshi o‘smay qoladi.
Serbar gijja
Serbar gijja – uzunligi 6-15 m.gacha. Odamga baliqni yetarli qovurmasdan yoki xomligicha yeganida yuqadi. Kasallik belgilari: kamkuvvatlik, bosh aylanishi, so‘lak oqishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, qorinning og‘rib turishi, ich surishi yoki dam ich surib, dam ich qotib yurishi va hokazo bilan o‘tadi. Tilda bezillab turadigan och qizil dog‘ yoki yoriqlar paydo bo‘ladi.
Kalta gijja
Kalta gijjalar bo‘yi 3-5 smcha. Odamga gijja tuxumlari bilan ifloslangan ro‘zg‘or buyumlari orqali – eshik bandlari, hojatxona stulchalari, tuvak va boshqalar bilan o‘tadi. Ko‘pincha bolalar kasallanadi. Qorinda og‘riq turib, bemorning ko‘ngli ayniydi, ishtahasi pasayadi, boshi og‘rib, ko‘pincha ichi ketadi, bolalar esa tutqanoq tutgandek talvasaga tushadi.
Exinokokk
Exinokokk hayvonlar, aksariyat itlar ichagida yashaydi. Odamlarga sigir, qo‘y, cho‘chqa, it va mushuklardan, shuningdek, yozvoyi etxo‘r hayvonlarning terisini shilish va oshlash vaktida yuqadi. Exinokokkoz og‘ir kasallik bo‘lib, jigar, o‘pka, miya kabi organlarda exinokokk kistalari paydo bo‘ladi. Exinokokkozda bosh og‘rib, aylanadi, harakatlanish va sezish faoliyati buziladi.
So‘ruvchi sibir qurti
So‘ruvchi sibir (mushuk) qurti uzunligi 4-13 mm.cha keladigan mayda gijja bo‘lib, o‘t pufagi, o‘t yo‘llari va me’da osti bezi yo‘llarida parazitlik qiladi. Odamga xom, muzlagan, kam tuzlangan yoki yetarli qovurilmagan baliqni iste’mol qilganda ham yuqadi. Kasallik harorat ko‘tarilishi bilan boshlanib (39-40 daraja), u 2 oygacha baland bo‘lib turishi mumkin. Mushak va bo‘g‘imlar og‘riydi, yo‘tal paydo bo‘ladi, ba’zan terisiga toshma toshadi, me’da-ichak ishi buziladi, ba’zan badan sarg‘ayib ketadi, bu kasallik og‘ir asoratlar beradi. Fassiola uzunligi 3-7 sm.li gijjalardir, o‘t pufagi va o‘t yo‘llarida parazitlik qiladi. Odam bu lichinkalarni qaynamagan suv yoki suv o‘simliklarini ovqatga ishlatganida yutib yuboradi. Kasallik tobora zo‘rayib boradigan darmonsizlik, bosh og‘rig‘i bilan boshlanadi, ko‘pincha badanga eshakem toshib, isitma chikdli qorinda og‘riq paydo bo‘ladi, ba’zan odam sarg‘ayib ketadi.
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Marmarak — salomatlik garovi
Maqolamizning so‘ngida odam o‘ziga o‘zi gijja kasalliklarini yuqtirmaslik uchun yoki davolashda amal kiladigan mutaxassis olim va shifokorlarimizning tavsiya-maslahatlarini eslatib o‘tamiz.
Gijjalar. Foydali tavsiyalar
  1. Barcha shaxsiy gigiyena qoidalariga va davolash rejimiga amal qilish kerak. Jumladan, ovqat oldidan va va hojatxonaga borib kelgach, qo‘llarni sovunlab yuvish, badanni ozoda tutish, ichki kiyim va choyshab, o‘rin-ko‘rpa jildlarini tez-tez almashtirib turish.
  2. Go‘sht, sabzavot, meva va boshqa mahsulotlarni veterinariya va sanitariya nazoratidan o‘tkazish shart.
  3. Uy hayvonlarini parvarish qilish qoidalariga amal qilish kerak.
  4. Sabzavot, meva va boshqa mahsulotlarni iste’mol qilishdan oldin yaxshilab yuvish kerak.
  5. Ostritsalar bo‘lsa, maxsus kiyim kiyib uxlab va ularni har kuni qaynatib, issiq dazmol bilan dazmollab turish kerak.
  6. Hojatxonaga borib kelgach, yana uyku oldidan va uykudan keyin orqa chiqaruv teshik atrofini yuvib turish va unga vazelin surtib qo‘yish tavsiya etiladi.
  7. Go‘shtlarni toza yuvib, yaxshi qovurib yoki pishirib yeyish tavsiya etiladi.
  8. Faqat qaynatilgan suv bilan yuvilgan sabzavot, mevalarni ovqatga ishlatish lozim.
  9. Gelmintozlarga xos belgilar paydo bo‘lganda albatta shifokorga murojaat qilish kerak.
  10. Bolalarning ko‘chada daydi itlar, mushuklar bilan o‘ynashiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
  11. Binoni, xonani yaxshilab supurib-sidirish, idish-tovoqdarni, o‘yinchokdarni yuvish, mebelni artish, ayniqsa, hojatxonalarni va tuvaklarni dezinfeksiya qilish shart.
  12. Ota-onalar hamda muassasa xodimlari bilan maxsus va takror-takror suhbatlar o‘tkazib, gijjalarning yuqish yo‘llari va buning oldini olish usullarini to‘g‘ri va to‘la bilib olishlariga erishish kerak.
  13. Gijjalar tashqi muhit obyektlari – tuproq, sabzavot, poliz ne’matlari, rezavor mevalar, ziravorlar, oshko‘klar, mevalar, idish-tovoqlar, iflos qo‘llar, buyumlar, kiyim-kechaklar va boshqalar orqali yuqishini unutmaslik kerak.
  14. Gijja kasalliklarida o‘z-o‘zini har xil bilib-bilmas dorivor vositalar va usullar bilan davolash tavsiya etilmaydi. Bu ayrim asoratlarga olib kelishi mumkin.
  15. Ichi kelib-kelmaydigan, xurujli odamlar va bolalar gelmintoz kasalliklari bormi yoki yo‘qligi tekshirilishi kerak va boshqalar.
  16. Taomlarda limon iste’mol qilib yurish kerak.
  17. Sarimsoq qaynatilgan sut ichib yurish kerak.
  18. Och qoringa oshqovoq urug‘ini sarimsoq bilan iste’mol kilish kerak.
  19. Shakar yoki asal bilan aralashtirilgan sabzi sharbatini och qoringa kuniga 1-2 osh qoshiqda ichib yurish kerak.
  20. Uch oshqoshiq sabzining bo‘tqasini bir stakan sutda qaynatib, bir oshqoshikdan kuniga 3-4 mahal iste’mol qilish tavsiya etiladi.
  21. Shuvoq, sarimsoq damlamasidan klizma qilish tavsiya etiladi.
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Baqlajon — hamma vitamin po‘stida
tib.islom.uz nashri.

Gijjalar haqida