Android eng tez Wi-Fi ni topishga yordam beradi
Qanday qilib Android tizimidagi qurilmalarda va Chrome-dagi reklamalarni blokirovka qilish mumkin?Android eng tez Wi-Fi ni topishga yordam beradi
DO`STLARGA ULASHING:
Android 8.1 (Oreo) operatsion tizimi foydalanuvchi bevosita simsiz tarmoqqa ulanishidan oldin Wi-Fi tezligi va signal kuchini ko’rsatishni boshlaydi. Yangi xususiyatni o’z ichiga olgan yangilash shu hafta mobaynida yuboriladi.
Android umumiy tarmoqqa ulanishdan oldin Wi-Fi tezligini ko’rsatishga kirishadi. Parol bilan himoyalangan maxsus kirish nuqtalari uchun ushbu ma’lumot mavjud bo’lmaydi.
Signal darajasini Wi-Fi belgisi quyidagicha ko’rsatadi ya’ni qancha ko’p bo’yalgan bo’lsa, shuncha kuchliroq signal bo’ladi. Tarmoq tezlikga ko’ra 4 toifaga bo’linadi:
“Sekin”- qo’ng’iroqlar va matnli xabarlarni yuborish imkonini beradi;
“Oddiy” – saytlarni ochish va musiqa tinglashingiz mumkin bo’ladi;
“Tez” va “Juda tez” – onlayn video tomosha qilish imkonini beradi.
Ekranda ulanish tezligini faollashtirish uchun quyidagi sozlashga o’tish kerak:
“Tarmoq va Internet” -> “Wi-Fi” -> “Wi-Fi Sozlamalar” -> “Qo’shimcha Sozlamalar” -> “Tarmoqlar reyting manbasi” -> “Yo’q”.
Android eng tez Wi-Fi ni topishga yordam beradi