Quturish kasalligi

Quturish kasalligi

Quturish kasalligi

DO`STLARGA ULASHING:

Virus shikastlangan teri orqali nerv oxirlariga harakatlanadi va ular orqali miya va orqa miyaga o’tadi. Kasallik insonlar uchun halokatli hisoblanadi va kasallikni faqatgina favqulodda emlash bilan oldini olish mumkin.

Xususiyatlari:

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, har yili 59 000 kishi quturish kasalligidan vafot etadi. Ularning to’qson to’qqiz foizi quturgan it tomonidan tishlangan. Biroq, hayvonlar va insonlar uchun vaktsina mavjudligi quturish hollarda o’lim ko’rsatkichlarining kamayishiga olib keldi.

Virus markaziy asab tizimiga ta’sir qilib, ayniqsa miya yallig’lanishiga sabab bo’ladi. Skunks, mahalliy itlar, mushuklar, quyon va yovvoyi hayvonlar tishlashi va tirnashi orqali insonlarga virus o’tkazish imkoniyatiga ega. Quturishga qarshi kurash uchun tezkor davo choralariga bog’liq.

Quturishning belgilari va simptomlari

Odamlarda quturish kasalligining asosiy belgisi — bu gidrofobiya yoki suvdan qo’rqish. Avval suv ichishdan qo’rqish kuzatilsa, keyinchalik suvni ko’rganda va suv haqida gap ketganda ham qo’rqish belgilari kuzatiladi. Yana yutunish muskullarining titroqli harakati, qo’rquv, tutqanoq, nafas olishdagi uzulishlar kuzatiladi. Tutqanoq tovush va yorug’lik ta’siri bilan sodir bo’ladi; kasal hamma narsano sindirib, odamlarga tashlana boshlaydi, «zo’ravon» hujumdan keyin «jim» — falajlikning boshlang’ich belgisi boshlanadi. Keyin bemorda nafas olish to’xtashi va o’lim yuz beradi.

Tishlashdan boshlab kasallik belgilari paydo bo’lgunigacha bo’lgan vaqt kasallikning inkubatsion davri deb ataladi. Odatda inson kasallangandan 4-12 hafta o’tib quturish alomatlari boshlanadi. Biroq, inkubatsiya davri, shuningdek bir necha kun yoki olti yilgacha cho’zilishi mumkin.

Quturish gripp kabi alomatlar bilan boshlanadi, jumladan:

  • Isitma;
  • Mushaklarning kuchsizligi;
  • Og’riqlar.

Bundan tashqari, tishlangan joyda achishish hissi kuzatilishi mumkin.

Bu asosiy belgilari tashqari yana tana haroratining 37°C gacha ko’tarilishi, ruhiy tushkunlik, uyquning buzulishi, uyqusizlik, bezovtalik, tishlangan joydagi og’riq (yara tuzalgan bo’lsa ham). Virus markaziy asab tizimini shikastlashda davom etishi sayin, kasallik ikki xil turda rivojlanishi mumkin.

G’azabli quturish

G’azabli quturish rivojlangan odamlarda haddan tashqari harakatchanlik va agressiya kuzatiladi. Boshqa alomatlarga:

  • Uyqusizlik;
  • Bezovtalik;
  • Tartibsizlik;
  • Tashviqot;
  • Gallyutsinatsiyalar;
  • Ko’p so’lak oqishi;
  • Yutish bilan muammolar;
  • Suvdan qo’rqish.

ac45127a78be8156ddf9b

Falajli (tinch) quturish

Quturishning bu shakli rivojlanishi uchun ko’proq vaqt talab etiladi, lekin ta’siri og’ir bo’ladi. Kasallangan kishi asta-sekin falajlana boshlaydi va oxir-oqibat komaga tushadi, hatto o’lishi mumkin. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, quturishning 30% hollarida falajlik yuz beradi.

Qanday odamlar quturish bilan kasallanadi?

Quturish virusi tashqi muhitda tez nobud bo’ladi.

Quturish virusi quturgan hayvonlar tishlashi yoki tirnashi oqibatida so’lak insonlarga yuqadi. Shilliq pardalarida yoki ochiq yara bilan har qanday aloqa qilish virus yuqishiga sabab bo’lishi mumkin. Virus faqat hayvondan insonga yoki hayvondan va hayvonga yuqishi mumkin. Insondan inosnga virus yuqishi juda kam bo’lsa-da, bir necha holatlar qayd etilgan.

Kishi tishlangan bo’lsa, virus miyaga nervlar orqali tarqaladi. Virus miyada tez va jadal ko’paya boshlaydi. Bu faoliyat miya va orqa miyaning kuchli yallig’lanishiga olib keladi va kishi ahvoli tezda yomonlashib, inson o’ladi. Jarohat bosh yoki bo’yin sohasida bo’lsa, miya va orqa miya shikastlanishi tezroq boshlanadi. Agar jarohat bo’yinda bo’lsa, iloji boricha tezroq yordam so’rash kerak.

Kasallikni yuqtirishi mumkin bo’lgan hayvonlar

Kasallikning hayvonlardagi asosiy simptomi hayvonning xulqi o’zgarishi hisoblanadi: yaxshi uy hayvoni tajovuzkor, yovvoyi va tishlash uchun tayyor bo’ladi.

Ham yovvoyi, ham uy hayvonlari quturishning virusini tarqatishi mumkin. Quyidagi hayvonlar odamlarda quturish kasalligining asosiy sababchilaridir:

  • Itlar;
  • Ko’rshapalaklar;
  • Mushuklar;
  • Sigirlar;
  • Echki;
  • Otlar;
  • Quyonlar;
  • Qunduzlar;
  • Bo’ri;
  • Chiyabo’ri;
  • Maymun;
  • Skunks.

Kim quturish kasalligi xavfi ostida

Aksariyat odamlar uchun quturma bilan kasallanish xavfi nisbatan past. Shu bilan birga, quturish bilan kasallanish xavfi yuqori bo’lgan bir guruh odamlar mavjud. Bunga quyidagilar kiradi:

  • Ko’rshapalaklar ko’p yashaydigan hududda yashash;
  • Rivojlanayotgan mamlakatlarga sayohat;
  • Qishloq joylarida yashovchi yovvoyi hayvonlar bilan ko’proq ta’sir ko’rsatadigan va emlashlar va immunoglobulin bilan profilaktik davolanishga ega bo’lmagan joylarda yashash;
  • Tez-tez tog’larga dam olishga borish va yovvoyi hayvonlar bilan aloqa qilish;
  • 15 yoshgacha bo’lish (quturish bu yosh guruhida keng tarqalgan);

Itlar dunyodagi ko’plab quturish holatlari uchun javobgar bo’lishiga qaramasdan, janubiy va shimoliy Amerikada quturishning asosiy tashuvchisi ko’rshapalak hisobanadi va aksariyat o’limlarga sabab bo’ladi.

Tashxislash

Quturish infektsiyasining erta bosqichlarini aniqlash uchun hech qanday usullar yo’q. Simptomlar boshlanganidan keyin, qon tahlili yoki to’qima analizi shifokorga insonning tibbiy holatini aniqlashga yordam beradi. Agar kishi yirtqich hayvon tomonidan tishlangan bo’lsa, shifokorlar odatda alomatlar paydo bo’lishidan oldin infektsiyani to’xtatish uchun profilaktika qiluvchi quturishga qarshi emlashni belgilaydilar.

Odatda laboratoriya diagnostikasi amalga oshirilmaydi, ammo ko’zning yuzasidan quturish virusi antigenini aniqlash usuli mavjud.

Quturishni davolash mumkinmi

Quturishni keltirib chiqaruvchi virusi yuqganidan keyin, insonda kasallanishni oldini olish uchun bir qator inyeksiyalar qilinadi. Virus bilan kurashish uchun quturishga qarshi immunoglobulin beriladi. U quturishga qarshi antitanalarni darhol berishga imkon beradi va virusning kirib borishini oldini oladi. Keyin quturishga qarshi emlashni olish bu kasallikning oldini olishning kalitidir. Quturishga emlashlar 14 kun davomida beshta inyeksiya ketma-ketligida beriladi.

Hayvonlarni nazorat qilish hizmati, ehtimol kishini tishlagan hayvonni tekshirish uchun topishga harakat qiladi. Hayvon quturmagan bo’lsa, kishi inektsiyalardan qutulishi mumkin. Biroq, hayvon topilmasa, eng xavfsiz harakat chorasi — bu davolashni qabul qilishdir.

Quturishga qarshi vaksina qancha barvaqt olinsa shuncha kasallikning oldini olish ehtimoli yuqori bo’ladi. Shifokorlar jarohatni sovun va suv yoki yod bilan kamida 15 daqiqa davomida yuvish orqali davolashadi. Keyin ular immunoglobin yuborishadi va quturishga qarshi emlash uchun bir qator inyetksiyalar boshlanadi. Ushbu protokol «postaloqa profilaktika» deb nomlanadi.

Davolashning nojo’ya ta’sirlari

Quturishga qarshi emlash va immunoglobulin juda kamdan-kam holatlarda ba’zi nojo’ya ta’sirlarga sabab bo’lishi mumkin, jumladan:

  • Inyektsiya joyida og’riq, shishish yoki qichishish;
  • Bosh og’rig’i;
  • Ko’ngil aynishi;
  • Qorindagi og’riq;
  • Mushaklardagi og’riq;
  • Bosh aylanishi.

Oldini olish

Quturishni oldini olish mumkin. Quturish bilan kasallanishdan qochish uchun bir necha oddiy qadamlar mavjud:

  1. Rivojlanayotgan mamlakatlarga sayohat qilishdan, hayvonlar bilan yaqin aloqada ishlashdan yoki quturgan virusni davolash bilan shug’ullanadigan laboratoriyada ishlashdan oldin quturishga qarshi emlashni qabul qiling.
  2. Uy hayvonlarini emlash.
  3. Yovvoyi itlar haqida hayvonlarni nazorat qilish xizmatiga xabar berish.
  4. Yirtqich hayvonlar bilan muloqot qilishdan saqlanish.
  5. Uy yaqiniga va uyga ko’rshapalak kirishiga yo’l qo’ymaslik.

Quturish kasalligi