Gaymarit
Gaymarit Yuqori jag’ yoxud burun yon sinuslari — havoli bo’shliqlar bo’lib, ularning vazifasi atmosfera va kalla ichi bosimini tenglashtirish, rezonator funktsiyalarni bajarish va havoni tozalash, namlash sanaladi. Burun yon bo’shliqlarining yo’llari burun bo’shlig’iga chiqadi, ichida esa suyakka birikib turgan shilliq qavat bilan qoplangan bo’ladi. O’sha shilliq qavatning yallig’lanishi gaymorit kasalligi sanaladi. Ko’pincha gaymorit kasalligining asosiy sababi yuqori nafas yo’llari infektsiyasi yoki allergiya bo’ladi, shu sababli kuz-qish mavsumida bu kasallik rivojlanishi avj oladi. Bundan tashqari, ba’zi bir kasalliklarni davolamaslik, zararli tashqi omillar ham gaymoritni keltirib chiqarishi mumkin, jumladan: Gaymoritning dastlabki belgilari tana haroratining ko’tarilishi, isitma, kuchsizlik, tumov va burun bitishi, yuz sohasida og’riqlar bilan namoyon bo’ladi. Og’riq peshona, tishlar va chakkaga tarqalishi mumkin. Bundan tashqari, qovoqlarning qizarishi va shishi qayd qilinishi mumkin. Bolalarda gaymorit bolganda ularning injiqlik qilishi va charchaganligi ham seziladi. Shu bilan birga, gaymorit qanday rivojlanishiga qarab, kasallik alomatlari ham farqlanishi mumkin. O’tkir gaymorit O’RVI belgilari fonida rivojlanadi va quyidagi alomatlar bilan ifodalanadi: Surunkali gaymorit esa asta-sekin rivojlanadi, uning belgilari: Gaymorit — turi ko’p bo’lgan kasallik. Bugungi kunda shifokorlar kasallikning quyidagi turlarini ajratishadi. Bundan tashqari, gaymorit infektsion, vazomotor, ekssudativ, produktiv, nekrotik va atrofik bolishi mumkin. Infektsion gaymorit virusli, bakterial yoki zamburug’li tabiatga ega bo’ladi. Burun yon bo’shlig’ining vazomotor yallig’lanishi qon tomirlari faoliyatining buzilishi bilan bog’liq. Ekssudativ turi sinuslarda yiring mavjudligiga ishora qiladi. Produktiv gaymoritda sinusning o’zida turli xil o’smalar shakllanadi, masalan polipoz o’smalar. Sinuslarda nekroz qayd qilinsa, bu holda kasallikning nekrotik turi haqida gapiriladi. Va nihoyat, sinus va burun bo’shlig’i to’qimalarining oziqlanishi buzilganda, atrofik gaymorit tashxislanadi. Agar gaymoritni davolashda kechikishlar bo’lsa, bu kasallik meningit va ensefalit kabi jiddiy kasalliklarga olib kelishi, ko’z va quloqning yallig’lanishli kasalliklarini chaqirishi mumkin. Kasallik rivojlanishda davom etsa, bemor buyrak, yurak, ko’z, bo’g’imlar va hatto bosh miya bilan bog’liq muoammolarga duch kelishi mumkin. O’tkir sinusitni rentgenografiya yordamida tashxislash juda oson. Surunkali shaklini aniqlashda shifokor malakasi, kompyuter tomografiyasi yordam beradi. Aniq tashxis qo’yilsa, boshqa kasalliklarni istisno qilish mumkin. Ayni paytda gaymoritni davolashning ko’p usullari mavjud, lekin qay darajada samaraliligi savol tug’diradi. Va yana ko’p kishini qiziqtirgan savol, gaymoritni teshmasdan (punkisyasiz) davolash mumkinmi? Sinusit O’RVI asorati sifatida o’tkir shaklda namoyon bo’lsa, shifokor tomonidan burun tomchilari qo’llash, mukolitik preparatlar qabul qilish va sinuslarni sho’r suv bilan chayish tavsiya etilishi mumkin. Ko’pincha antibiotiklar va antigistaminlar buyuriladi. Ammo burun tomchilarini haddan ziyod qo’llash foyda o’rniga ziyon keltirishi mumkin, chunki ular burun shilliq qavatini quritib yuboradi va kasallikni yanada avj olishiga zamin yaratib beradi. Antibiotiklar sinuslarni chayish yo’li bilan mahalliy qo’llanilishi, bundan tashqari tabletkalar yoki in’yektsiyalar shaklida belgilanishi mumkin. Qay turdagi antibiotik qo’llanilishi faqat shifokor tomonidan tanlanadi. Bunday holda sinusga bosim ositda antiseptik eritma yuboriladi va yiringli ekssudat yuvib chiqariladi. Bu usul shifokor nazorati ostida olib boriladi. Lekin jarayon og’riqli va yoqimsiz bo’lganligi sababli, hozirgi vaqtda faqat og’ir hollarda qo’llaniladi. Bundan tashqari, teshmasdan davolash usullari ham mavjud. Ularga misol «kukushka» usuli. Uning boshqa nomi — Proets bo’yicha sinuslarni yuvish. Ushbu usulning mohiyati suyuqlikning aylanishida. Jarayon deyarli og’riqsiz va anesteziya talab qilmaydi. «Kukushka» yengil gaymorit shakllarida qo’llaniladi. Muolaja boshida bemor chalqancha qilib yotqiziladi, burun yo’llariga esa bittadan kateter kiritiladi: birinchisi burun bo’shlig’iga maxsus eritma kiritsa, ikkinchisi uni tortib oladi. Davolash kursi taxminan 7 ta muolajadan iborat bo’ladi. Gaymorotomiya — og’ir hollarda gaymor bo’shlig’ini sanatsiya qilish va yiringli massadan, poliplardan, zamburug’ va boshqa infeksiyalardan tozalash uchun qo’llaniladi. Bu amaliyot o’ta samarali, murakkab emas va ortiqcha asoratlar qoldirmaydi. Statistika gaymoritni xalq tabobati yordamida davolashda samaralilik foizi yuqori ekanligini ko’rsatadi. Ko’p tomchilar, damlamalar va malhamlar retseptlari mavjud va ular gaymorit davosi hisoblanadi. Shu bilan birga, ular asosiy terapiya usuli emas va faqatgina kompleks terapiya sifatida qo’llanilishi mumkin. Bemorda allergiya chaqirishi mumkin bo’lgan mahsulotlardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Yodda tuting!: Agar kasallik avj olib borayotgan va alomatlari kuchayib borayotgan bo’lsa, shifokorga tashrif buyurishni kechga qoldirmang, xalq tabobati faqat o’rta va yengil hollarda samara berishi mumkin. Miqdori teng bo’lgan asal va aloe sharbatini aralashtiring. Biroz suv qo’shing va kuniga 2-3 marta 1-2 tomchidan burunga tomizing (ikki tomonlama). Qarshi ko’rsatmalar yuqoridagi kabi. Bu o’simlik moyi shifobaxsh hususiyatlarga boy bo’lib, ham o’tkir, ham surunkali shakldagi gaymoritni davolashda qo’llaniladi. Burunga kuniga 3 mahal 3-4 tomchidan tomzilib, so’g boshni pastga qaratgan holda nafas olib turiladi, moy oqib ketmasligi va tomoqqa o’tib ketmasligi kerak. 2 yoshgacha bo’lgan bolalarga tavsiya etilmaydi. Lavr yaproqlariga qaynoq suv solib, biroz kuting. Sovigach, sochiq yoki biron matoni tayyor bo’lgan damlamaga botirib namlang va yonoq sohasiga qo’ying, kompressni sovigancha ushlab turing, muolajani bir necha bor takrorlang. Kasallik davolanayotgan vaqt, sinuslar ichida ekssudat (yiringli yoki yiringsiz) yo’qligiga amin bo’lsangiz, bu usulni qo’llashingiz mumkin. Yanoq sohasiga vazelin surting, keyin o’sha joyga ko’k lampa, agar bo’lmasa sochiqqa o’ralgan qizdirilgan tuz qo’ying, muolajani kuniga 2-3 marta qo’llang. Agar sinusda ekssudat bo’lsa, issiq qo’lalsh tavsiya etilmaydi, chunki ekssudat kengayishi va boshqa sohalarga o’tib ketishi mumkin. Bu usul faqatgina tuzalish bosqichida qo’llanilishi o’rinlidir. Boshlashdan oldin shifokor tavsiyasini olish shart. Har qanday kasallikni davolagandan ko’ra oldini olish afzalroq. Kasallikni oldini olish uchun o’z vaqitda stomatolog ko’rigidan o’tib turish, sovuq havoda ko’p yurmaslik, sovuqda bosh kiyimisiz ko’chaga chiqmaslik, shamollash va grippni o’z vaqtida davolash tavsiya etiladi. Sport bilan hech bo’lmaganda kuniga 10-20 daqiqa shug’ullanish immuntitetni mustahkamlash uchun foydalidir.Gaymarit
DO`STLARGA ULASHING:
Gaymorit rivojlanishi sabablari
Gaymorit alomatlari va belgilari
Tasnifi
Asoratlari
Gaymoritni davolash
Amaldagi tibbiyot usullari
Punktsion usul
Jarrohlik amaliyoti
Gaymoritni xalq tabobati yordamida davolash
Ingalyatsiyalar
Asal asosida tomchi
Chakanda (oblepixa) moyi
Lavr yaproqlari yordamida kompress
Issiq qo’yish
Gaymoritni oldini olish
Gaymarit