Loviyali antiqa sho‘rva to’liq malumot oling

Loviyali antiqa sho‘rva to’liq malumot oling

Zarur mahsulotlar: 400 gr. loviya, 150 gr. go‘sht, 3 dona kartoshka, 1 dona sabzi, 50 gr. ko‘k piyoz, ko‘katlar, ta’bga ko‘ra tuz va murch, 2 dona sarimsoqpiyoz. Xamirga: 0,5 kg. un, 2 dona tuxum va 200 ml. suv kerak bo‘ladi.

loviyali antiqa shorva 1

Tayyorlanishi: loviyalarni suvda ivitib olinadi. Sabzavotlarni katta sho‘rvaga mos shaklda to‘g‘raladi. Sabzavotlarni ketma-ketlikda qozonga solib qovuriladi. Sho‘rva shira tortgunga qadar xamirni tayyorlab olinadi.

Tuxlarni yaxshilab atalab suv va un solib qattiq xamir qoriladi. Tingan xamirni o‘rta kattalikda yoyiladi. So‘ng ulakrni kalta kesma xolatda kesib olinadi. Aloxida idishga suv solib pishiriladi. Tayyor lapshalarni yog‘lab qo‘yiladi.

Likopchaga lapshalardan solib ustiga tayyor bo‘lgan sho‘rvani quyiladi. Va ko‘katlar bilan bezatib dasturxonga tortiladi. Yoqimli ishtaha!

Begoyim

soglom.uz/tavsiya/loviyali-antiqa-shorva/

Pazanda
Loviyali antiqa sho‘rva