KOLORATURA

KOLORATURA

KOLORATURA (ital. coloratura — bezak) — Yevropa (asosan, Italiya) vokal sanʼatida yuzaga kelgan, oʻta mohir (virtuoz)lnk bilan qoʻllaniladigan murakkab ohang bezaklari va mashklar. Koloratura oʻrta asrlardagi motet, madrigal, shanson kabi janrlar ijrochiligida shakllangan. Ayniqsa, 17—19-a. larda italyan opera ariyalarida keng qoʻllanilgan. V. Motsart, J. Rossini, L. Delib, J. Verdi, R. Shtraus, M. Glinka, N. Rimskiy-Korsakov, R. Glier va b. K. dan (taʼsirchan badiiy vosita sifatida) foydalangan. Yaqin va Oʻrta Sharq musiqa ijrochiligi — mugʻanniy, oshiq, hofiz, baxshi, oqin va b. sanʼatidan Koloratura simon nola va mashqlar keng oʻrin olgan. Koloratura mashqlarini ijro eta oladigan, oʻzgarishlarga boy ayollarning baland ovozi Koloratura li soprano deyiladi. Oʻzbek xonandalaridan N. Ahmedova, M. Razzoqovalarning ovozi Koloratura li sopranodir.

Ensiklopediya.uz
KOLORATURA