KOVAK DRENAJ

KOVAK DRENAJ

KOVAK DRENAJ, krot drenaj — yopiq gorizontam drenaj turi; tuproqdagi ortiqcha grunt suvlarini chiqarib yuborish uchun qazilgan yer osti kovaklari sistemasi. Kovaqlar 0,5—1,2 m chuq. da, diam. 6—20 sm, oraligʻi 2—20 m, nishabi 0,003—0,005° qilib kovak qazish mashinalari bilan qaziladi. Mashina ish organi bilan tuproq ustida kengligi 2—6 sm boʻltan tirqish ochiladi, tigʻli temir silindr-drener bilan uning osti kengaytirilib, boʻshliq hosil qilinadi. Soʻngra tirqishlar maxsus moslama bilan haydalma qatlam chuqurligigacha berkitiladi. Kovak drenaj koʻpincha shoʻr bosgan, ammo ortiqcha namlanmagan (botqoqlanmagan) yerlarda doimiy drenaj bilan birgalikda ishlatiladi. Oʻzbekistonning dehqonchilik zonalarida Kovak drenaj 20-a. ning 40 – va 60-y. larida sinab koʻrildi, ammo tarkibida koʻp miqdorda chang va qum zarrachalari boʻlgan gruntda kovaqlarning tez oʻpirilishi sababli keng qoʻllanilmadi.

Ensiklopediya.uz
KOVAK DRENAJ