KIYATKIN Petr Filipovich

KIYATKIN Petr Filipovich

KIYATKIN Petr Filipovich (1898.17.9, hoz. RF Mordoviya Respublikasi — 1979.24.4, Toshkent) — seleksioner, Oʻzbekistonda qoʻychilik va echkilik seleksiyasi asoschilaridan biri. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1955), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan zootexnik (1950), q. x. fanlari dri (1953), prof. (1962). Leningrad q. x. institutini tugatgan (1927). «Oʻzbekjivotnovodsoyuz»da zootexnik (1927—30), Moskvadagi «Ovsevod» trestida Qozogʻiston va Oʻzbekiston boʻyicha bosh zootexnik (1930 — 35), Oʻzbekiston chorvachilik tajriba st-yasida (hoz. Chorvachilik i. t. in-ti) boʻlim mudiri (193550, 1960-70, 1970-y. dan maslahatchi), OʻzR FA Zoologiya va parazitologiya intida laboratoriya mudiri (1950—60). Ilmiy ishlari jundor-goʻshtdor, shu jumladan, hisori qoʻylar, jundor echkilar biol. si va genetikasi masalalariga bagʻishlangan. Pop, Chuyet, Parkent tumanlari xoʻjaliklarida oʻzoq yillar mobaynida seleksiya ishlari natijasida Oʻzbekiston jundor, jundor («Sovetskaya sherstnaya») qora tivit beruvchi echki zotlarini, Oʻzbekiston goʻshtdor-jundor qoʻy zotini va podalarini yaratdi.

Ensiklopediya.uz
KIYATKIN Petr Filipovich