KASTILIYA

KASTILIYA

KASTILIYA (Castilla — qasr) — Pirenei ya. o. markaziy qismidagi qirollik (11 — 15-a. lar). 1035-y. tashkil topgan. Leon qirolligi bilan bir necha bor birlashib (1037-1165, 1072-1157, 1230-y. dan uzil-kesil), kuchli davlatga aylangan. 1479-y. K. qirolichasi Izabella bilan Aragon qiroli Ferdinandning oʻzaro nikohlanishi 2 qirollikning birlashib, yagona Ispaniya davlatining tashkil topishiga asos boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
KASTILIYA