KARROMIYLAR
KARROMIYLAR — ilohiyot oqimi. 9 — 13-a. larda Bagʻdod xalifaligining markaziy va sharqiy viloyatlarida tarqalgan. Asoschisi — Abu Abdulloh Muhammad ibn Karrom (806—869). Seyistonda tugʻilgan, Nishopur, Balx, Marv, Hirot kabi shaharlarda taʼlim olgan. 5 y. Makkada istiqomat qilgan. Ibn Karrom oʻz yurtiga qaytayotib, Quddusda xonaqoh barpo qilgan. Seyiston va Xurosonda oʻz taʼlimotini targʻib qilgani uchun zindonga tashlanadi. Quddusda vafot etadi.
Ensiklopediya.uz
KARROMIYLAR