KARIOPLAZMA
KARIOPLAZMA (kario… va plazma) — kariolimfa, yadro suyuqligi — hujayra yadrosi ichidagi barcha xromatin, yadrochalar, shuningdek, har xil granulalar. Xromatin kimyoviy moddalar bilan ekstraksiya qilinganidan soʻng Karioplazmada qalinligi 2—3 nm boʻlgan oqsil fibrillaridan tuzilgan yadro matriksi saqlanib qoladi. Bu matriks yadrochalar, xromatin, yadro pusti porasi kompleks larini va b. tuzilmalarni birlashtiruvchi yadro sinchini hosil qiladi.
Ensiklopediya.uz
KARIOPLAZMA