KSERODERMA

KSERODERMA

KSERODERMA, pigmentli kseroderma (yun. xeros — quruq va derma) — terining nasldan-naslga oʻtadigan tugʻma kasalligi; dermatozlarta kiradi. Bunda teri quyosh nuri (ultrabinafsha nur)ga oʻta sezgir boʻladi. Asosan, bola hayotining birinchi yillaridayoq namoyon boʻladi. Oftob badanning ochiq joylariga (yuz, qoʻl-oyoqqa) tushganidan keyin, u yerda eritematoz (q. Eritema) va pigmentli dogʻlar paydo boʻla boshlaydi: teri quruqshab, qazgʻoqlaydi, bora-bora teri yupqa tortib, burishadi (burun qirralashib, ogʻiz tortishib qoladi), konyunktivit, koʻz qovoqlarining qayrilib qolishi va h. k. kuzatiladi. Bolaning yoshi kattalashgan sayin (8—10 yoshlarda) terisida soʻgalsimon yoki papillomatoz oʻsimtalar paydo boʻlib, epiteliomalar (rak, bazalioma, melanoma va b.) ga aylanishi mumkin (q. Papilloma). Bemorga kortikosteroidl ar, vitaminlar, rentgenterapiya buyuriladi, baʼzan jarrohlik usuli qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
KSERODERMA